So’nggi yangiliklar

12:35ЖЧ-2002даги энг катта сенсация ёдингиздами?   3 12:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси собиқ устози энди катталар терма жамоасида бош мураббий  2 12:03Отабек Шукуров: "10 киши бўлиб қолган Эронни юта олмаганимизда роса гапиришган эди. Мана бугун 10 киши бўлиб Эронни мағлуб қилдик"  10 11:38Ҳудуди Хива туманига тенг бўлган мамлакат ЖЧ-2026га чиқди  13 10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  1 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  3 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  7 09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  3 09:05ЖЧ-2026. Қитъалараро плей-офф босқичида ўйнайдиган барча терма жамаолар номи маълум  3 09:00U-17 Жаҳон чемпионати. Италия – Ўзбекистон 3:2  1 08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   8 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  1 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  4

Evro-2024da porlagan Niko Uilyams haqida hikoya (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Evro-2024da porlagan Niko Uilyams haqida hikoya (Bekzod Tolibov blogi)

Aka-uka Inyaki va Niko Uilyamslar asli kelib chiqishi Gana davlatidan bo'lgan muhojirlar Feliks va Mariya Uilyamsning farzandlari hisoblanishadi.

Mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozlar sabab yashash joyini tashlab, Ispaniya tomon jo'nagan Feliks va Mariya yo'lda katta qiyinchiliklarga duch kelishadi. Sahroi Kabirdan piyoda yurishga majbur bo'lgan yosh oila o'sha vaqtda farzand kutayotgandi. Mashaqqatlar evaziga manzilga amallab etib kelgan Uilyamslar oilasi vakillari chegara devorlaridan oshib o'tayotganlarida policiya tomonidan qo'lga olinadi. Biroq, ularni oldinda qamoq jazosi kutmayotgandi, tasodif bilan liberiyalik qochqinlar orasiga tushib qolishadi va Ispaniya hukumati Feliks va Mariyani ham qochqinlardan deb hisoblab, boshpana beradi. Yosh oila Bilbaodagi cherkovga ishga joylashtiriladi. Bu cherkovda ularning katta farzandlari dunyoga keladi. Feliks oilasiga qilgan yaxshiliklari uchun katta o'g'liga cherkov ruhoniysi Inyaki Mardonesning ismini beradi. Katta o'g'il Inyaki Uilyams shu tariqa dunyoga kelgandi.




Mariya Niko uchun xomiladorlik vaqtida Bilbaoda ham qiyinchilik kunlar yuzaga keladi. SHundan so'ng oila ish qidirib Pamplonaga ko'chib o'tadi. Niko Uilyams aynan shu shaharda dunyoga keladi. Bu orada oila boshlig'i Feliks bir muddat Londonga boradi va "CHelsi" klubiga tegishli bo'lgan "Stemford Bridj" stadionida xavfsizlik xizmatchisi lavozimida ishlaydi.

Bu orada katta o'g'il Inyaki katta futbolga qadam qo'yadi va Bilbaoning "Atletik" klubida o'ynay boshlaydi. Ukasidan farqli ravishda Uilyamslarning kattasi Gana terma jamoasi safida harakat qiladi. Ukasi Niko Uilyams esa Ispaniya terma jamoasini tanlagan.




Inyaki va Niko bazan maydonda ham bahslashib turishadi. Kunlardan bir kun Ispaniya chempionati doirasidagi "Alaves" bilan o'yinda Inyaki Nikoni sheriklariga uzatma bermaslikda ayblaydi va aka-ukalar tortishib ketishadi. Ular o'rtasidagi janjalni televizor orqali ko'rgan onalari Mariya ikki farzandiga ham qo'ng'iroq qilib, bunday holat boshqa takrorlanmasligi haqida qattiq ogohlantiradi. Inyaki va Niko bu talabga qatiy bo'ysunishadi va boshqa tortishishmaydi. CHunki ikkisi ham ota-onasi boshdan kechirgan qiyinchiliklarni yaxshi bilganliklari uchun ularni qattiq hurmat qilishardi.




Evro-2024 vaqtida Inyaki yaqindagina uylangan edi. Yosh oila asal oyi uchun Gavaya orollarini emas, aynan Germaniyani tanlashdi. Inyaki Ispaniya terma jamoasi ishtirokidagi har bir o'yinni stadionning o'zidan kuzatib boradi va turli nashrlarga bergan intervyularida ukasining o'yinlari uni hayratlantirayotgani haqida aytadi.

Kichik Uilyams yozgi transferlar oynasi vaqtida "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun tovon puli to'laydi. Uilyamsning "Barselona"dagi maoshi yiliga 12 mln evroni tashkil qiladi. SHu tariqa u yarim himoyachi Frenki de Yong (yiliga 37,5 mln evro) boshchiligidagi eng ko'p maosh oluvchi "ko'k-anorranglilar" futbolchilari ro'yxatida ettinchi o'rinni egallaydi. "Atletik"da Uilyams yiliga 10,4 mln evro ishlab topgan.

sports.ru malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика