So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

"Everton" egasi: "Lukaku fol tufayli biz bilan shartnomani uzaytirmadi" Yangiliklar

"Everton" egasi: "Lukaku fol tufayli biz bilan shartnomani uzaytirmadi"

"Everton" rahbari Farhod Moshiri hujumchi Romelu Lukuaku nega klub bilan shartnomani uzaytirmay, keyinroq "Manchester Yunayted"ga o'tgani haqida aytib berdi.

"Romelu Lukakuni jamoada olib qolish uchun ikki yozni sarf qildim. Doimo u, uning agenti, onasi va oilasi bilan muloqotda bo'ldim va bir yil futbolchini saqlab qola oldik. O'tgan yozda biz yanada yaxshiroq shartnoma taklif qildik va boshqa klublar bitimlaridan ko'proq pul bermoqchi bo'ldik, ammo u qolishni istamadi.

Uni olib qolish uchun barcha ishni qildik. Biz taklif qilgan shartlarni aytsam, siz ishonmasligingiz mumkin. Unga "CHelsi"nikidan foydaliroq bitim taklif qildik va uning agenti kelishuvni uzaytirishga tayyor edi. Biroq Lukaku majlislar xonasida o'tirganida, onasi unga qo'ng'iroq qildi. U o'g'liga Afrikada fol ochtirganini va folbin Lukaku "CHelsi"ga ketishi kerakligini malum qilganini aytdi.

Natijada hamma harakatlarimiz muvaffaqiyatsiz yakunlandi - dunyo bazida adolatsiz. Hozir Romelu 120 mln. funt turgan bo'lardi va bu biz uchun moliyaviy yo'qotish. Muammo shundaki, u bizni hayolan tark etib bo'lgan edi" - deydi Moshiri.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика