Eto’Oning qizi otasining qamalishini istamoqda
04 iyu 2023 20:33
Yangiliklar


Eto’Oning qizi otasining qamalishini istamoqda
"Inter" va "Barselona" klublarining sobiq futbolchisi Samuel Eto’Oning qizi otasining ozodlikdan mahrum bo'lishini istamoqda.
2022 yilning fevral oyida sobiq futbolchi 4 yillik sud ishi jarayoni yakunlariga ko'ra, qizi Erikaga har oyda 1400 evro aliment to'lashi borasida qaror chiqarilgandi.
"U 5 yildan beri aliment to'lagani yo'q va sudning qarori noto'g'ri bo'lgan deb hisoblamoqda. Erikaning moliyaviy holati juda og'ir, Eto’O esa qizining holatiga qarayotgani ham yo'q", - dedi Erikaning advokati.
Advokatning aytishiga ko'ra, Eto’O sudlangani sababli Kamerun futbol federaciyasi prezidenti bo'lishi mumkin emas. Sobiq futbolchi Ispaniyada soliqlar to'lanishida hamda qiziga alimentlarni to'lab berishda aybdor deb topilgan.
O’xshash yangiliklar
13:13
Yamalning ish haqi oshiriladi. U "Barsa"da eng ko'p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kiradi 4

Fikrlar