So’nggi yangiliklar

14:39"Реал" Эдегорни ортга қайтармоқчи  2 14:10Футзал. Олий лига 2-тур учрашувларига Андижон мезбонлик қилади  0 13:43Манба: Отабек Шукуров фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 13:16Испаниялик мураббий: "Ўзбекистон Кубоги финалига "Пахтакор" ва "Бухоро" чиқади"  6 12:49​"Ливерпуль" афсонасининг ўғиллари "Сити"да дебют қилди  0 12:22Ишончсизлик ҳақидаги миш-мишлар рад этилди: Алонсо Винисиус ҳақида баёнот берди  0 11:53"Арсенал" Япония терма жамоаси вингери билан шартнома тузмоқчи  0 11:21Вадим Абрамов Самарқандда тарих ёзадими? "Пахтакор"да ортга йўл қолмади  5 10:46Рауль Бундеслига жамоасига бош мураббий бўлиши мумкин  0 10:18Узоқ муддатга сафдан чиққан Гави жароҳати ҳақида фикр билдирди  1 09:48"Манчестер Сити" меҳмонга боради. Лига кубогининг навбатдаги босқичига қуръа ташланди  3 09:40Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  5 09:22Суперлига. Бугун 23-турга старт берилади  18 08:55Рустам Ашурматов жума куни майдонга тушиши мумкин, Машарипов эса  0 08:27Остон Ўрунов яна жароҳат олди   5

Eshitdik-da! "Surxon" futbol klubining 2019-2022 yilgi moliyaviy faoliyati jiddiy o'rganiladi Yangiliklar

Eshitdik-da! "Surxon" futbol klubining 2019-2022 yilgi moliyaviy faoliyati jiddiy o'rganiladi

"Surxon" futbol klubining yangi investorlar qo'liga rasman o'tishi bilan bog'liq hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko'ra, "Surxon"ning shu kungacha bo'lgan moliyaviy-xo'jalik faoliyati mustaqil audit tekshiruvidan 10 yanvarga qadar o'tkazilishi, aniqlangan qarzdorliklar Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan bartaraf etilishi va shu jarayonda klub yangi investorga topshirilishi lozim edi. 

Olingan malumotga ko'ra, Surxondaryo viloyati hokimligi 10 yanvar sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosini amalga oshira olmagan. Boisi audit tekshiruvi davomida juda katta miqdorda qarzdorlik aniqlangan. SHundan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati hokimi futbol klubining 2019-2022 yillar davomidagi moliyaviy faoliyatini o'rganish masalasini viloyat Davlat moliyaviy nazoratiga oshirgan. Ayni vaqtda O'zPFL mazkur yillar davomida Liga ro'yxatidan o'tkazilgan shartnomalari nusxasini Surxondaryo futbol associaciyasiga taqdim etgan. 

Malum bo'lishicha, 2019-2022 yillar davomida O'zPFL ro'yxatidan o'tkazilgan shartnomalardan tashqari ham qo'shimcha shartnomalar imzolangan, biroq ular Liga ro'yxatidan o'tkazilmagan. Bu esa "Surxon" futbol klubiga ajratib kelingan mablag'ning maqsadsiz va samarasiz sarflanishiga olib kelgan. Oqibatda klubda katta miqdorda qarzdorlik vujudga kelgan. 

Qayd etish kerak, O'zPFL so'nggi uch yil davomida "Surxon" futbol klubi bilan bog'liq vaziyat sog'lom ruhda emasligini bir necha bor takidlab keldi. O'z navbatida, Liganing bu fikrlari surxondaryolik futbol muxlislari etiroziga sabab bo'ldi. Voqealar rivoji ko'rsatmoqdaki, Liga xavotiri o'rinli bo'lgan. "Surxon" futbol klubini 2019 yildan buyon boshqarib kelgan rahbariyat yillik xarajatlar smetasini shakllantirish va uni maqsadli yo'naltirish masalalarida qator kamchiliklarga yo'l qo'ygan. 

Xavotirli tomoni shundaki, O'zbekistonda qishki transfer oynasi yopilishiga 9 kun vaqt qoldi. Bu esa qatorasiga ikkinchi yil klubning yangi investorlariga muammolar tug'dirishini bildiradi. Ayni vaqtda viloyat hokimligi Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosini tezlashtirishi talab etiladi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика