So’nggi yangiliklar

09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  1 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  5 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  3 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  4 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0

Eshitdik-da... SHkvirindan bo'shashi haqida ariza talab qilishdi Yangiliklar

Eshitdik-da... SHkvirindan bo'shashi haqida ariza talab qilishdi

Teglar :  SHkvirinOlmaliqOTMK
24-turdan so'ng 22 ochko jamg'argan "Olmaliq" 12-o'rinda bormoqda. Ikkinchi davrada jamoa birorta ham g'alaba qozonmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.

Jamoaning natija tomondan oqsayotganligi homiylik qilayotgan OKMK rahbariyatini ranjitgan ko'rinadi. O'yindan so'ng OKMK iqtisodiyot va moliya ishlari bo'yicha direktori “Olmaliq” klub bosh direktoriga  telefon qilib rahbariyat va murabbiylar ishdan bo'shashlik haqida ariza yozishlarini so'ragan. Biroz tushunarsiz holat. Futbol klubida bu kabi o'zgarishlar odatda klub Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. “Olmaliq”da Aleksandr Farmanov klub prezidenti hisoblanadi. “O'zbekiston qahramoni” unvoni sohibi bo'lgan bu inson futbolimiz rivoji uchun har doim boshqalarga o'rnak bo'lgan rahbarlardan biri hisoblanadi. Olmaliq shahrida nafaqat futbol, balki boshqa sport turlari ham faoliyat olib bormoqda. “Olmaliq” jamoasi o'tgan davr ichida respublikada o'z o'rni va nufuzini topib borayotgan yosh jamoalardan biridir. Afsuski, bu yil jamoaga nimadir bo'lgan ko'rinadi. Ko'p ming sonli muxlislariga ega jamoaning kelajagi nima bo'ladi? Umid qilamizki, bu jamoa faoliyati yaxshilanib chempionatimizda ijobiy natijalarga erishadi.

PS: “Olmaliq” jamoasi ikkinchi davrada o'z maydonida o'tayotgan uchrashuvlarga ham Toshkentdan qatnayotganligidan xabardormiz. SHuningdek, bir qator futbolchilar oldida klub qarzdorligi borligini ham eshitdik... Nima bo'lganda ham oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan jamoada vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishiga ishonamiz. Aks holda jamoani keyingi yil quyi ligada ko'rishimiz mumkin bo'ladi.


Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика