Eshitdik-da! PFL Namangan viloyati hokimiga xat yo'lladi
12 mar 2023 15:26
Yangiliklar
Eshitdik-da! PFL Namangan viloyati hokimiga xat yo'lladi
O'z navbatida mazkur holat Superliganing eng yaxshi stadionlaridan birida muammolar borligini ko'rsatib beradi.
Namangandagi stadion yaxshi holatga kelganidan buyon bu erda turli darajadagi xalqaro uchrashuvlar tashkil etildi. SHuningdek, O'zbekiston kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. “Navbahor” futbol klubi joriy mavsum CHempionlar ligasida ishtirok etishini inobatga olsak, katta ehtimol bilan avgust oyidan boshlab qitamizning qator taniqli futbol klublari Namanganga tashrif buyuradi.
Malumotlarga ko'ra, “Markaziy”da so'nggi bor 2022 yilning oktyabr oyida tajribali agronomlar tavsiyasiga asosan parvarishlash va qo'shimcha ishlov berish ishlari amalga oshirilgan. Biroq qish faslidagi anomal sovuq maysaga o'z salbiy tasirini ko'rsatgan. Qo'shimchasiga, U21 jamoasi uchrashuvlari o'tkazadigan zaxira maydoni talab darajasida emas.
O'zPFL bu borada maydon holatini yaxshilash bo'yicha Namangan viloyati hokimiga xat bilan chiqqan va amaliy ko'mak so'ragan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar