So’nggi yangiliklar

14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  4 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  8 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  2 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  4 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  6 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  10 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  4

Eshitdik-da: O'zbekiston U-20, Bahrayn U-17 Osiyo chempionatlariga mezbonlik qiladi Yangiliklar

Eshitdik-da: O'zbekiston U-20, Bahrayn U-17 Osiyo chempionatlariga mezbonlik qiladi

2020 yil O'zbekistonda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati qoldirilganligi to'g'risida yozib o'tgan edik.

Pandemiya tufayli yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi JCHlar ham qoldirilishi aniq bo'lib ulgurdi. Bu yilgi jahon chempionatlarida 2001 va 2004 yillarda tug'ilgan yoshlar hamda o'smirlar kichik mundialda ishtirok etishlari kerak edi.

Olgan malumotlarimizga ko'ra, OFK U-20 va U-17 musobaqa mezbonlarini o'zgartirmoqchi emas. Yani, O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa 2023 yilda bo'lib o'tadi. Faqat unda 2001 yildan keyin tug'ilgan futbolchilar emas, 2003 yildan keyingi avlod vakillari qatnashadilar. Bahrayn ham o'smirlar o'rtasidagi qita chempionatini o'zida saqlab qolyapti. Faqat u erga endi Olim SHokirov boshqaruvidagi futbolchilarning o'rniga, Server Jeparov boshchiligidagi 2006 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar qatnashadilar.

Bekor qilingan mundiallarga kelsak, yoshlar o'rtasidagi JCH Indoneziyada, o'smirlar o'rtasidagisi Peruda bo'lib o'tishi kerak edi. Hozircha keyingi JCHlarga ham mazkur davlatlar mezbonlik qilish, qilmasliklari to'g'risida rasmiy axborot mavjud emas.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика