Eshitdik-da! O'FA BAAga qarshi o'yin uchun qo'shimcha shifokorlarni jalb etmoqda
27 may 14:40
Yangiliklar
Eshitdik-da! O'FA BAAga qarshi o'yin uchun qo'shimcha shifokorlarni jalb etmoqda
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni JCH-2026 saralash bosqichida BAAga qarshi uchrashuvda ishtirok etadi.
Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, associaciya qo'shimcha shifokorlarni jalb etmoqda. Muhim bahsga tayyorgarlik jarayonida terma jamoamizga CSKA klubida faoliyat yurituvchi Eduard Bezuglov va Georgiy Malyakin yordam berishadi. Rossiyalik mutaxassislarning taklif etilishi tibbiy shtab faoliyati mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Eduard Bezuglov - CSKA klubi shifokorlar departamenti boshlig'i va Rossiya terma jamoasining sobiq bosh shifokori. Rossiyadagi eng mashhur sport shifokorlaridan biri.
Georgiy Malyakin - CSKA yoshlar jamoasi bosh shifokori.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvi 5 iyun kuni Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "AL Nahayyon" stadionida o'tkaziladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar