Eshitdik-da! "Nasaf"ga yangi legioner kelyapti
28 iyu 2022 19:10
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Nasaf"ga yangi legioner kelyapti
Qarshining "Nasaf" klubi serbiyalik futbolchi Alen Mashovichni o'z safiga qo'shib olmoqda.
Malumotlarga qaraganda, 27 yoshli chap qanot vingeri bugun "Nasaf" safida tibbiy ko'rikdan o'tgan va ertaga shartnomaga imzo chekadi.
Alen Mashovichning so'nggi klubi "Vojdovac" bo'lgan edi. U o'tgan mavsum Serbiya Oliy ligasida 23 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
U shu paytgacha Serbiyaning "Partizan", "Borac" va "CHukarichki" kabi jamoalarida, shuningdek, Yaponiyaning "Matida Zelviya" klubida faoliyat olib borgan.
Transfermarkt portali futbolchini 250 ming evrga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar