So’nggi yangiliklar

12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  0 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  3 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  11 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  2 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  6 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  3

Eshitdik-da: “Andijon”ning asosiy futbolchisi Xebay va boshqa futbolchilar tez orada jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin Yangiliklar

Eshitdik-da: “Andijon”ning asosiy futbolchisi Xebay va boshqa futbolchilar tez orada jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin

Eshitishimizga qaraganda, “Andijon” futbol klubida yuzaga kelgan moliyaviy vaziyat hamon yaxshilangani yo'q.

Malumotlarga ko'ra, “Andijon” jamoasi legionerlari, xususan Superligada joriy mavsum kashfiyot futbolchiga aylangan albaniyalik hujumchi Ruben Xebay klubga ogohlantirish xati yuborgan. Unga ko'ra, futbolchi agarda 3 oylik maoshini olmagan taqdirda futbol klubiga rasmiy murojaat bilan chiqib, jamoaga ogohlantirish xati yuboradi va qoidaga ko'ra klub xat kelgan kundan boshlab 2 hafta ichida futbolchi oldidagi barcha qarzdorlik masalalarini yopishi shart. Aks holda, berilgan muddat ichida klub qarzdorliklardan uzilmasa, unda FIFA qoidalariga ko'ra klubga ogohlantirish xatini yuborgan futbolchilar erkin agent maqomida bo'lish huquqiga ega bo'ladi va ish beruvchi klub esa shartnoma muddatining oxiriga qadar bo'lgan barcha moliyaviy shartlarni bajarishiga to'g'ri keladi. SHunda “Andijon” klubi futbolchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to'liq bajaradi va futbolchilaridan ham ayrilib qoladi.

“Andijon” futbol klubi yaqin kunlar ichida qarzdorliklardan uzilmasa, unda Superliga tur o'yinlarigacha legioner futbolchilaridan ayrilib qolish ehtimoli juda yuqori. 

Malumot uchun: “Andijon” futbol klubi futbolchilarga fevral oyidan buyon maosh va mukofot pullarini to'lamay kelmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика