Eshitdik-da! "Andijon"ga yosh legioner hujumchi kelmoqda
20 dek 2023 12:01
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Andijon"ga yosh legioner hujumchi kelmoqda
Mamlakatimizda Superliga mavsumi o'z nihoyasiga etdi va jamoalar keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, "Andijon" jamoasiga belaruslik yosh hujumchi Vladislav Lojkin kelmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralar olib borishgan, 21 yoshli hujumchi katta ehtimol bilan yangi mavsumni "Andijon"da boshlaydi.
2002 yilda tug'ilgan Vladislav Lojkin 2023 yilgi mavsum Qozog'istonning "Turan" jamoasi tarkibida 26ta o'yinda 20ta gol urgan va 11ta assist bergan (Qozog'iston 1-ligasida). Uning "Turan" bilan shartnomasi 31 dekabr kuni o'z yakuniga etadi.

"Transfermarkt" portali uning narxini 400 ming evro deb belgilagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar