So’nggi yangiliklar

11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  8 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1

Ertangi qura tashlash marosimida Sami Al Jaber va Park Ji Sun qatnashadi Yangiliklar

Ertangi qura tashlash marosimida Sami Al Jaber va Park Ji Sun qatnashadi

Ertaga Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi uchun qura tashlash marosmi bo'lib o'tadi.

“Mandarin Oriental” mehmonxonasida bo'lib o'tadigan qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi. Unda 12 terma jamoa JCH-2018 saralashi 3-bosqichi uchun o'z raqiblarini bilib olishadi. Jamoalar 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda JCH-2018 final bosqichi yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradilar. Qura tashlash marosimida Osiyoning mashhur futbolchilari Sami Al Jaber va Park Ji Sun qatnashishadi.

"Jahon chempionatiga chiqish har qanday futbolchining orzusi hisoblanadi. Ishonchim komilki barcha 12 jamoa Rossiyadagi mundialga borish uchun qo'llaridan kelgan ishni qilishadi", - deydi Janubiy Koreya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Park Ji Sun.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi qura jarayonida Saudiya Arabistoni bilan birga 3-savatdan joy oladi va bu jamoa bilan to'qnash kelmaydi.

Birinchi savatcha
Eron va Avstraliya

Ikkinchi savatcha
Janubiy Koreya va Yaponiya

Uchinchi savatcha
Saudiya Arabistoni va O'zbekiston

To'rtinchi savatcha
BAA va Xitoy

Beshinchi savatcha
Qatar va Iroq

Oltinchi savatcha
Suriya va Tailand

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика