So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  0 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  23 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  16 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  6 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0

Ertaga qura. Terma jamoamizga kimlar raqib bo'ladi? Yangiliklar

Ertaga qura. Terma jamoamizga kimlar raqib bo'ladi?

Ertaga, 24 fevral kuni Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslarining final bosqichi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Malumki, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga chiqa olmagani bois buyog'iga faqat Osiyo Kubogi yo'llanmasi uchun saralash o'yinlarida ishtirok etadi. 

Osiyo Kubogi saralash bahslarining final bosqichi aslida shu yilning 29 martiga qadar o'tkazib bo'linishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli OFK o'yinlarni 8-14 iyun oralig'ida o'tkazishni maqul ko'rdi. 

Saralash uchrashuvlari markazlashgan tartibda 6ta mamlakatda o'tkaziladi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, 24 terma jamoa to'rttadan 6 guruhga bo'linadi va har bir jamoa har bir raqibiga qarshi bittadan o'yin o'tkazadi. Saralash bosqichi yakunlariga ko'ra, oltita guruhdan birinchi o'rinni egallagan 6 terma jamoa va eng yaxshi 5ta ikkinchi o'rin egasi kelasi yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 


Savatchalar

Terma jamoalar 24 fevral kungi FIFA reytingiga ko'ra, savatchalarga bo'lib chiqiladi. SHuni aytish lozim, saralash o'yinlariga mezbon davlatlar alohida mezbon savatchadan joy olgan. 

Mezbon savatcha: O'zbekiston, Qirg'iziston, Hindiston, Quvayt, Malayziya, Mo'g'uliston. 

1-savatcha: Bahrayn, Iordaniya, Falastin. 

2-savatcha: Tailand, Tojikiston, Filippin, Turkmaniston, Gonkong. 

3-savatcha: Afg'oniston, Yaman, Myanma, Maldiv, Indoneziya. 

4-savatcha: Singapur, Nepal, Kambodja, Bangladesh, SHri Lanka. 

Izoh: Mezbon mamlakatlar mezbon savatchaga joylashtirilgani bilan qura jarayonida reytingdagi o'rnidan kelib chiqib boshqa savatchaga tushib qolishi mumkin. 


Aytib o'tganimizdek, barcha oltita mezbon mamlakatda o'yinlar shu yilning 8-14 iyun oralig'ida bo'lib o'tadi. 

1-tur. 8 iyun

2-tur. 11 iyun

3-tur. 14 iyun

SHunisi aniqki, O'zbekiston guruhida Qirg'iziston, Hindiston, Quvayt, Malayziya va Mo'g'uliston bo'lmaydi. Kimlar raqib bo'lishini esa ertaga quradan so'ng bilib olamiz. Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 12:00da start oladi.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика