Eron Pro ligasi. "Istiqlol" safarda durang o'ynadi, Amonov maydonga tushirilmadi
04 may 2022 21:10
Yangiliklar
Eron Pro ligasi. "Istiqlol" safarda durang o'ynadi, Amonov maydonga tushirilmadi
Eron chempionatining 25-turidan o'rin olgan "Sepaxon" - "Istiqlol" uchrashuvi yakunlandi.
Mehmonlar tarkibida o'zbekistonlik futbolchi Azizbek Amonov ushbu o'yinda zaxirada qoldirildi. Uning jamoasi esa safarda 1:1 hisobida durang o'ynadi. "Istiqlol" tarkibida Muhammad Daneshgarning 8-daqiqada kiritgan goliga mezbonlardan Georgi Gveleshiani 14-daqiqada javob qaytardi. SHu tariqa, uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi.
Ochko yo'qotganiga qaramay, "Istiqlol" 57 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. SHerzod Temirov to'p tepadigan "Persepolis" esa bir o'yin kam o'tkazgan holda 50 ochko bilan ularni taqib qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar