So’nggi yangiliklar

09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  1 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  3 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  6 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  4 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  1 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  4 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   30

Eron O'zbekistonga qarshi tarkibini malum qildi Yangiliklar

Eron O'zbekistonga qarshi tarkibini malum qildi

Teglar :  Karlos KeyrushEron
Portugaliyalik mutaxassis Karlos Keyrush O'zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o'yinlar uchun Eron milliy terma jamoasi yakuniy tarkibini malum qildi.

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasida “A” guruhidan o'rin olgan Eron o'zining navbatdagi uchrashuvini 6 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. 11 oktyabrda esa o'z maydonida Janubiy Koreyani qabul qiladi.

Ushbu o'yinlar uchun tankibni malum qilgan Karlos Keyrush, oldindagi o'yinlar oldidan qisqacha mulohaza bildirib o'tdi.

“O'z ishimizni qilishda davom etamiz. Hozir imkonsizdek ko'ringan narsalarni amalga oshirishning ayni payti. Braziliyada o'tkazilgan Jahon CHempionatdagi ishtirokimizdan keyin, ketma-ket ikkinchi bor bu baxtga erishish uchun kurashga kirishamiz. Biz kuchli raqiblar bilan bahs olib boramiz. Bizni bu uchrashuvlarda alo darajada qo'llab quvvatlashning payti keldi. Futbolchilar va muxlislarga eng ezgu tilaklarimni tilayman”.

Eron terma jamoasining O'zbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibi.

Darvozabonlar: Alirizo Haqiqiy (“Maritimo”, Portugaliya), Alirizo Biyronvand (“Persepolis”, Eron), Muhammadrizo Axboriy (“Traktorsoziy”, Eron).

Himoyachilar: Vuriya G'ofuriy (“Istiqlol”, Eron), Ramin Rizoiyon (“Persepolis”, Eron), Milod Muhammadiy (“Terek”, Rossiya), Sayid Og'oiy (“Traktorsoziy”, Eron), Jalol Hussayniy (“Persepolis”, Eron), Murtazo Puraliganjiy (“As Sadd”, Qatar), Muhammad Ansoriy (“Persepolis”, Eron), Izzatillo Purg'oz (“Istiqlol Xuziston”, Eron),

Yarim himoyachilar: Ehson Hojisafi (“Sepohon”, Eron), Umid Ibrohimiy (“Istiqlol”, Eron), Sayid Izzatullohiy (“Rostov”, Rossiya), Andronik Teymuryan (“Moshinasoziy”, Eron), Mehdi Turobiy (“Saypa”, Eron), Alirizo Jahonbaxsh (“AZ-Alkmaar”, Niderlandiya), Vohid Amiriy (“Persepolis”, Eron), Mehdi Torimiy (“Rizaspor”, Turkiya), Ashkan Dejaga (“Al-Arabiy”, Qatar), Masud SHo'jaiy (“Panionios”, Greciya), So'rush Rafeiy (“Traktorsoziy”, Eron)

Hujumchilar: Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya), Karim Ansorifard (Panionios, Greciya), Rizo G'uchannajod (“Herenven”, Niderlandiya)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика