So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Eron - Iroq og'ir o'yin yoxud Ermatovga tasanno Yangiliklar

Eron - Iroq og'ir o'yin yoxud Ermatovga tasanno

Teglar :  EronIroq
Kecha Dubaydagi Al-Maktum stadionida ,Osiyo chempionati D guruhidan o'rin olgan 3-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Maydonga azaliy raqiblar Eron hamda Iroq terma jamoalari tushdilar. Bu ikki terma jamoa o'rtasidagi o'yinlar doim juda keskin o'tib kelgan. Kechagi uchrashuv guruhda kim g'olib bo'lishini hal qilishi bilan ahamiyatli edi. O'yinni kuzatish uchun stadionga 15038 nafar muxlis tashrif buyurdi. Ko'pchilik muxlislar chipta topa olmay ko'chada qolganlariniyam ko'rdik. Muxlislar  o'yinning boshidan to oxiriga qadar tinmay jamoalarini qo'llab turishdi. Bu muxlislarning ko'proq qismini Eronliklar tashkil qilishdi. Muxlislar bilan to'lgan stadionda futbol o'ynash yoki hakamlik qilish bir tomondan  yoqimli bo'lsa, ikkinchi tomondan futbolchi va hakamlarga yaxshigina bosimni ham yuzaga keltiradi.

OFK hakamlar qo'mitasi Eron - Iroq uchrashuvini boshqarishni Ravshan Ermatov boshchiligidagi O'zbekistonlik hakamlarga ishonib  topshirdi. Ermatovga qanotlarda Jahongir Saidov hamda Abduhamidillo Rasulovlar yordam berishgan bo'lsa, darvozalar ortida Ilgiz Tantashev va Valentin Kovalenkolar xizmat qilishdi.



O'yinni bevosita stadion media tribunasida kuzatdim va albatta etiborimni ko'proq hakamlikka qaratdim.  Hakamlar uchun juda og'ir o'yin bo'ldi. O'yin davomida har ikki jamoa futbolchilari va murabbiylari Ravshan Ermatovga ko'p bora bosim o'tkazishga harakat qilishdi. Futbolchilar bu uchrashuvdagi natija uchun har qanday ayyorlikka tayyor bo'ldilar. Ular o'zlarini ham raqiblarini ham ayab o'tirishmadi. Bunday o'yinlarda hakamning o'yin tizginini qo'ldan chiqarmasligi juda muhim bo'ladi. Aks holda maydonda turli ziddiyatli holatlar vujudga keladi.  BAAdagi stadion media tribunasida jurnalistlar uchun monitorlar o'rnatilgan bo'lib, har bir ziddiyatli vaziyatlarni turli rakurslardan qayta namoyish qilinib borilyapti.  Yonimda Somali, Iroq, BAA, Eron kabi davlatlardan kelgan jurnalistlar o'tirishdi. Bir vaziyatda to'p Iroqlik futbolchining qo'liga tekkandek bo'ldi, Ermatov esa penalti belgilamadi. Eronlik futbolchilar yoppasiga hakamga tashlanishdi. Hamyurtimiz ushbu vaziyatdan juda bosiqlik bilan chiqib ketdi. Bu holat media tribunadagi jurnalistlar orasida darhol muzokaraga sabab bo'ldi. Bilasizmi video takrorni ko'rgan barcha jurnalistlar, hatto Eronliklar ham penalti yo'q ekan, hakamga qoyil deyishdi. SHunda men Ravshan Ermatov O'zbekistondan ekanligini ularga yana bir bor eslatib qo'ydim va ichimda faxr tuyg'usi uyg'ondi.

O'yin 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Hakamlar guruhi maydonni tark etar ekan har ikki jamoa bosh murabbiylari Ravshan Ermatovga minnatdorchilik bildirganlarini guvohi bo'ldim.O'yindan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ham har ikki jamoa bosh murabbiylari hakamlar guruhi uchrashuvni  yuqori saviyada boshqarganlarini takidlab o'tishdi. Ha OFK bu uchrashuvni qaysi hakamga topshirishni puxta o'ylaganligi bor gap. Ravshan Ermatov mana shunday og'ir o'yinlarda OFK hakamlar qo'mitasining joniga oro kirmoqda. Osiyoning so'nggi yillardagi tengsiz hakami, jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri, O'zbekiston iftixori Ravshan Ermatovga kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz !

Akramjon Mamadaliev.  Dubay shahridan maxsus.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика