So’nggi yangiliklar

08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9

Ermatov O'zbekiston U-15 termasi bilan uchrashdi Yangiliklar

Ermatov O'zbekiston U-15 termasi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda O'zbekiston U-15 terma jamoasi Zayniddin Tojiev boshchiligida Toshkentda yig'in o'tkazdi.

Jamoa oldida bir qator muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz Xorvatiyada bo'lib o'tadigan "Vlatko Markovich" U-15 xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Kecha O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu musobaqa oldidan tayyorgarlik rejalari bilan tanishish, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan suhbatlashish maqsadida terma jamoa bazasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O'FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi malum qilindi.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda har bitta mashg'ulotlarga astoydil kirishish, turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rish, buning uchun har kuni o'z ustida ishlash zarurligini takidlab, terma jamoa azosi bo'lish har bir futbolchi uchun sharaf ekanligiga etibor qaratdi. Bu borada hozirdanoq professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o'zida mujassam qilib borish kerakligini aytdi.

Zayniddin Tojiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Har kunlik tayyorgarlikka zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyoti, farmakologiya, vitaminizaciya va tiklanish jarayoniga jiddiy etibor qaratish zarurligi takidlandi.

Eslatib o'tamiz, "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida umumiy hisobda 8 ta — Xorvatiya, O'zbekiston, Irlandiya, Bosniya va Gercegovina, Uels, Bolgariya, CHernogoriya, SHimoliy Makedoniya terma jamoasi ishtirok etadi. Vakillarimiz “A” guruhidan joy olgan bo'lib, guruhda Xorvatiya, Irlandiya va CHernogoriya terma jamoalariga qarshi to'p surishadi.

Jamoamizning dastlabki o'yini 11 may kuni mezbon Xorvatiyaga qarshi o'tkaziladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика