So’nggi yangiliklar

16:38"Пахтакор" - ОКМК учрашувида пенальти бормиди? Нега ҳакам "Бунёдкор" футболчисини майдондан четлатмади? 25-тур ўйинларида ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 16:14ОКМК устози, "Андижон" посбони ва бошқалар — Суперлигада 25-турнинг энг яхшилари  0 15:48"Андижон"дан уч, ОКМКдан икки футболчи — Суперлига 25-тур рамзий терма жамоаси  0 15:41Викарио қанчага сафдан чиққани маълум — клуб қишда "бозорга чиқади"  2 15:07"Кристал Пэлас" "Ювентус" қизиқаётган Эзенинг нархини белгилади  1 14:42"Реал" АПЛдан марказий ҳимоячи сотиб олмоқчи  0 14:15"Ливерпуль" "Лион" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  7 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  2 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  18 11:35Луис Энрикенинг шахсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  3 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  2 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1

Erkin fikr: Olimpiada futboldan voz kechishi kerak Yangiliklar

Erkin fikr: Olimpiada futboldan voz kechishi kerak

Quyidagi maqola orqali nima uchun Olimpiya o'yinlariga futbol kerak emasligi, buning o'rniga FIFA U-23 jahon chempionati tashkil qilinishi kerakligi haqida so'z yuritamiz.

SHubhasiz, Olimpiada har to'rt yillikning eng katta sport musobaqalaridan biri hisoblanadi. Bunda bir nechta sport turi bo'yicha professional sportchilar o'z kuchini sinab ko'radi. Lekin futbol boshqa sport turlariga nisbatan ancha ilgarib ketgani hamda nihoyatda tomoshabop ekanligini inobatga olsak, futbolni boshqa sport turlariga qo'shib o'tkazish, boshqa sport turlari imijiga salbiy tasir ko'rsatmoqda.

Oddiy misol, Parij olimpiadasini olaylik. Futbol terma jamoamiz o'z tarixida ilk bor Olimpiadaga chiqqani uchun muxlislarning etibori birinchi navbatda futbolga qaratildi, qachonki terma jamoamiz o'z ishtirokini guruh bosqichida tugatgach, sekin-asta boshqa sportga o'ta boshladik. Bu tabiiy hol, chunki O'zbekistonda ishqibozlarning juda katta foizi baribir futbolni kuzatadi.




Olimpiya o'yinlarida futbolni oldin shunchaki tomoshabin sifatida kuzatardik. Endi bo'lsa yanayam ichkariroq kirishishga harakat qildik. Va ko'rdikki, bu erda bir nechta muammoli savollar bor ekan. Masalan, Olimpiya shaharchasida faqat 23 kishining yashashiga ruxsat beriladi. SHundan 18tasi futbolchilar bo'lsa, 5 kishi jamoa murabbiylari bo'ladi. Biz nima qildik, hamma 23 futbolchini bir joyga yig'ib, murabbiylarimiz alohida yashadi. Juda g'alati, to'g'rimi?

Endi o'zingiz o'ylab ko'ring, murabbiylar doim jamoa bilan birga bo'lishi kerak emasmi? Alohida yashash bir nechta muammolarni yuzaga keltiradi. Oddiy misol, nazariy saboq o'tkazishning o'zida qiyinchilik yuzaga keladi. Bundan tashqari, futbolchilarning eb-ichishi, yotib-turishini nazorat qilishda muammo paydo bo'ladi.

Bundan boshqa yana qanday qiyinchiliklar bo'lganini bosh murabbiy Timur Kapadze OAV bilan uchrashuv chog'ida aytib o'tdi. Guruhdan chiqa olmadik, shunga bahona qilyapti degan gaplar bu erda shart emas. Baribir har qanday xalqaro musobaqada sharoit yaxshi bo'lishi kerak.

Ikkinchi masala - FIFA va Xalqaro Olimpiya qo'mitasining o'zaro munosabatlari. Yani, ishning asosiy qismini FIFA qiladi, musobaqaga taqvim tuzadi, saralashni va o'yinlarni o'tkazadi. Olimpiada taqvimini tuzadi, o'yin kunlarini belgilaydi. Lekin qaror qabul qilishga kelganda Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) birinchi planga chiqadi. Va bunda FIFAning gapi umuman inobatga olinmaydi.




Masalan, 24 iyul kuni bo'lib o'tgan Argentina - Marokash bahsini olaylik. Rasmiy protokolga ko'ra, Argentina o'yinni 1:2 hisobida boy berdi. Lekin maydonda nimalar bo'ldi? Argentina 90+16-daqiqada hisobni tenglashtirdi, ammo oradan 2 soat o'tib tashkiliy qo'mita Argentina urgan golni bekor qildi va jamoaning mag'lubiyati qayd etildi.

Nahotki, bitta golni aniqlash uchun 2 soat vaqt ketsa? Va nima uchun o'sha gol bekor qilingan ekan, qaror shu zahoti hamma stadiondaligida aytilmadi degan savol ham yuzaga keladi. FIFA esa hayron, chunki qarorni XOQ qabul qildi. Ular esa FIFAga aralashma deyishdi.

SHuning uchun nima qilish kerak? Futbol bilan bog'liq dunyo miqyosidagi musobaqalarni faqat FIFA o'tkazishi kerak. Buning uchun esa Olimpiada futboldan voz kechishi talab etiladi. SHunda FIFA uchun yangi musobaqa paydo bo'ladi: bu - U23 jahon chempionati.

Hozirgi paytda FIFA erkaklar o'rtasida futbol bo'yicha quyidagi musobaqalarni o'tkazib kelmoqda.

1. U-17 jahon chempionati (toq yillari (2 yilda bir) o'tkaziladi. Oxirgisi 2023 yil Indoneziyada tashkil qilindi).

2. U-20 jahon chempionati (toq yillari (2 yilda bir) o'tkazib kelinmoqda. Oxirgisi 2023 yil Argentinada tashkil qilindi).

3. Jahon chempionati (juft yillari (4 yilda bir) o'tkaziladi. Oxirgisi 2022 yil Qatarda tashkil qilindi).




Ko'rib turganingizdek, toq yillari FIFAning ikkita katta musobaqasi bor. Juft yillari esa kattalar o'rtasida 4 yilda bir bo'ladigan jahon chempionatini hisobga olmasak, boshqa musobaqa yo'q.

SHuning uchun FIFA Olimpiada o'tkaziladigan yili o'zi alohida U-23 jahon chempionatini o'tkazishi kerak. SHunda musobaqani o'tkazishdan tortib, muammolarni hal qilish va barcha tashkiliy ish o'zining zimmasida bo'ladi. Qolaversa murakkab qarorlarni ham FIFA qabul qiladi va ishiga hech kim aralashmaydi.

Olimpiadadan futbolni chiqarib yuborish Xalqaro olimpiya qo'mitasi uchun ham yaxshi bo'ladi. Boshqa sport turlariga etibor kuchayadi. Qolaversa, U-23 jahon chempionatining nufuzi baribir Olimpiadadagi futboldan baland bo'ladi.

Bu qanday formatda bo'ladi?

U-23 jahon chempionati formatini tuzish uchun ortiqcha bosh qotirish ham shart emas. FIFA shu paytgacha o'tkazib kelgan jahon chempionatidagi 32talik formatni shu musobaqaga tadbiq qiladi.

Malumki, asosiy jahon chempionati 2026 yilgi mundialdan boshlab 48ta terma jamoa ishtirokida o'tkaziladi. 32talik format oxirgi marta Qatarda tashkil qilindi va oxirgisi bo'ldi. Lekin shu format baribir boshqacha edi. Ko'pchilikka xush yoqardi.

Endi esa bu formatni yana qaytadan yuzaga keltirish uchun shunga yarasha musobaqa tashkil qilish kerak. Buning uchun U-23 jahon chempionati qo'l keladi. Mayli bunda uchta yoshi katta futbolchi o'ynamasin, faqat 23 yoshgacha futbolchilar o'ynasin, lekin aminmizki juda qiziq musobaqa bo'ladi.




Dunyoda 23 yoshgacha yulduzlardan kimlar bor?


Agar FIFA U-23 jahon chempionatini yo'lga qo'ysa, kichik mundialda yulduzlardan kimlar o'ynaydi? Albatta, hozirgi yoshini hisobga olgan holda. Quyida 23 yoshgacha yulduz o'yinchilarni keltirib o'tamiz.

Bukayo Saka (Angliya)
Florian Virtc (Germaniya)
Eduardo Kamavinga (Franciya)
Jamal Musiala (Germaniya)
Gavi (Ispaniya)
Jud Bellingem (Angliya)
Pedri (Ispaniya)
Yoshko Gvardiol (Xorvatiya)
Jeremi Doku (Belgiya)
Niko Vilyams (Ispaniya)
Rasmus Xoylund (Daniya)
Koul Palmer (Angliya)

Xullas, ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Ko'pchilik bu futbolchilarni yaxshi biladi. Tan olaylik, hozirgi Olimpiada futboli ko'pchilik jamoalarga yoqmayapti. SHu bois klublar o'z o'yinchilarini Olimpiadaga qo'yib yuborishni istamaydi. Lekin FIFA U-23 jahon chempionati tashkil qilinsa, o'ylaymizki musobaqaga qiziqish umuman boshqacha bo'ladi. Va yana bir muhim jihati, U-23 jahon chempionati ko'p klublar uchun yangi mavsum oldidan yarmarka vazifasini o'tab beradi.

Siz bu borada qanday fikrdasiz?

X.Xoliqov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика