Eriksen CHL finalidan so'ng "Real" futbolchisi sifatida tanishtiriladi
21 may 2019 13:27
Yangiliklar
Eriksen CHL finalidan so'ng "Real" futbolchisi sifatida tanishtiriladi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini "Real"da davom ettiradi.
27 yoshli daniyalik futbolchi CHempionlar Ligasi final o'yinidan so'ng "qaymoqranglilar" o'yinchisi sifatida tanishtiriladi.
"Tottenxem" va "Liverpul" o'rtasidagi CHempionlar Ligasi final uchrashuvi 1 iyun kuni Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida o'tkaziladi.
Eriksen 2018/19 yilgi mavsumda "shporlar" safida 50ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 17ta assistga egalik qildi. Daniyalikning "Tottenxem" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Eriksen 2013 yildan buyon "Tottenxem"da harakat qiladi. Futbolchi bundan oldin esa "Ayaks" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar