Enrike "Barselona"ning mag'lubiyatidan so'ng jurnalistni haqorat qildi
18 apr 2016 13:48
Yangiliklar
Enrike "Barselona"ning mag'lubiyatidan so'ng jurnalistni haqorat qildi
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Valensiya"ga qarshi bahsdan so'ng (1:2) o'zini tutib tura olmadi.
Kataloniya klubi murabbiyi matbuot-anjumanida OAV savollariga javob berayotgan edi. Diario Gol jurnalisti Viktor Malo mutaxassisdan jamoaning aprel o'rtasidagi salbiy o'yini nima bilan bog'liqligini so'radi. Murabbiy esa kulib, unga shunday javob qaytardi: "Familiyangiz nima? Malo? Hammasi to'g'ri".
Luis Enrikening so'zlari jurnalist uchun haqoratli tuyuldi, chunki "Malo" so'zi ispanchada "yomon" degan manoni bildiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar