So’nggi yangiliklar

21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  0 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон ва Қатар кураш олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  12 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  10 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  494 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6

"Eng zo'r-2022" taqdirlash marosimi yakunlandi. Pro liga va Superliganing eng yaxshilari, yil futbolchisi va murabbiyi elon qilindi Yangiliklar

"Eng zo'r-2022" taqdirlash marosimi yakunlandi. Pro liga va Superliganing eng yaxshilari, yil futbolchisi va murabbiyi elon qilindi

O'FA hamda O'zPFL yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazgan "ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022" taqdirlash marosimi yakuniga etdi.

Marosimni onlayn tarzda ushbu sahifada kuzatib bordingiz. Quyida turli nominaciyalar g'oliblari bilan tanishishingiz mumkin.

YANGILASH

Marosim nihoyasiga etdi. 

Superliga ramziy jamoasi

Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Dilshod Saitov ("Nasaf"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Otabek Jo'raqo'ziev ("Olimpik"), Xurshid G'iyosov (AGMK), Jamshid Iskanderov ("Navbahor")

Hujumchi: Dragan CHeran ("Paxtakor")

Murabbiy: Maksim SHackix ("Paxtakor")

"Yilning eng yaxshi futbolchisi"

"Navbahor" klubi etakchisi Jamshid Iskanderov "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritdi.

"Yilning eng yaxshi murabbiyi"

O'zbekiston U-23 terma jamoasi va "Olimpik" klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze "Yilning eng yaxshi murabbiyi" sovrinini qo'lga kiritdi.

"Eng yaxshi ayol futbolchi"

"Sevinch" klubi azosi Mahliyo Sarikova "Eng yaxshi ayol futbolchi" sovrinini qo'lga kiritdi.

"Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi"

"So'g'diyona-W" klubi bosh murabbiyi SHerali Boboqulov "Ayollarning eng yaxshi murabbiyi" sovrinini qo'lga kiritdi.

Pro liga, U-21 va ayollar chempionati translyaciyalari uchun Sports.uz sayti va Xayrulla Hamidov maxsus sovringa ega chiqdi. 

"Coca Cola Superligada yil goli" sovrini g'olibi – Islom Toshpo'latov 

"Coca Cola Superliga futbolchisi"

"Paxtakor" klubi etakchisi, O'zbekiston Superligasi g'olibi va chempionat to'purari Dragan CHeran "Coca Cola Superliga futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritdi.

"Coca Cola Superliga murabbiyi"

"Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Coca Cola Superliga murabbiyi" sovrinini qo'lga kiritdi.

"Pro liga futbolchisi"

"Buxoro" klubi azosi, joriy mavsumda 23 ta gol bilan Pro liga to'purariga aylangan Ro'zimboy Ahmedov "Pro liga futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritdi.


"Pro liga murabbiyi"

"Andijon" klubi bilan joriy mavsumda Pro liga g'olibligini qo'lga kiritgan Viktor Kumikov "Pro liga murabbiyi" sovriniga munosib deb topildi.

"Ayollar Oliy ligasi to'purari"

"So'g'diyona-W" klubi etakchisi Diyora Xabibullaeva 37 ta gol bilan joriy mavsumning "Ayollar Oliy ligasi to'purari"ga aylandi.


"Ayollar Oliy ligasi yil futbolchisi"

"Sevinch" klubi vakilasi Maftuna SHoyimova "Ayollar Oliy ligasi yil futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritdi.


"Ayollar Oliy ligasi murabbiyi"

"Sevinch" klubi bosh murabbiyi Vladislav Xan "Ayollar Oliy ligasi murabbiyi" sovrinini qo'lga kiritdi.


"Eng yaxshi futzalchi"

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi hamda "BMB" klubi etakchisi Husniddin Nishonov "Eng yaxshi futzalchi" sovrinini qo'lga kiritdi.

Nishonov yakunlangan mavsumda futzal bo'yicha Osiyo kubogida bronza medalini qo'lga kiritdi, shunindek, "Jizzax-Kenteks" safida mamlakat chempionligi hamda kubogi g'olibiga aylandi.

"Eng yaxshi futzal murabbiyi"

Joriy yil Kuvaytda o'tkazilgan Osiyo kubogining bronza medali sohibi, shunindek, "Jizzax-Kenteks" bilan birgalikda mamlakat chempionligi hamda kubogi g'olibi — Bahodir Ahmedov "Eng yaxshi futzal murabbiyi" sovrinini qo'lga kiritdi.

"Yosh yulduz"

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi kumush medali sohibi, shuningdek, O'zbekiston U-20 terma jamoasi etakchisi Abbosbek Fayzullaev “Yosh yulduz” sovrinini qo'lga kiritdi.

Fayzullaev joriy mavsum Coca Cola Superligasining 21 ta o'yinida maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Eng yaxshi yoshlar murabbiyi"

O'zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov "Eng yaxshi yoshlar murabbiyi" sovriniga munosib deb topildi.

Nishonov O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida joriy yilning avgust oyida Yaponiyada o'tkazilgan "SBS Cup" turnirida ishtirok etdi. Musobaqa davomida “SHizuoka”, Yaponiya va Urugvay yoshlar terma jamoalaridan uston kelib, yakunda chempionga aylandi. Bundan tashqari, uning jamoasi sentyabr oyida Maldiv, Myanma, Saudiya va Xitoy yoshlar jamoasini mag'lub etib, U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichini guruh peshqadami sifatida yakunladi.


"Feyr-pley"

Butun yil davomida eng kam byudjet aynan "Xorazm" futbol klubida edi. Superliganing ayrim jamoalari "Xorazm" klubining smetasidan 20 barobar ko'piga ega. SHunga qaramay, xorazmlik futbolchilar haqiqiy iroda ko'rsatdi. Yigitlar bir necha oy maosh olmagan holatida ham g'urur va nomusidan voz kechmadi. Ular o'z ota-onasi, oilasi va muxlislari uchun oxirigacha jang qildi. O'ta kam smeta bilan Pro liganing to'rtinchi jamoasi bo'lish tahsinga sazovor.


"Yil hakami"

Vadim Agishev va Roziyabonu Yusupova "Yil hakami" sovrinini qo'lga kiritdilar.

"Fidoyilik ramzi"

Qariyb 35 yildan buyon qo'qonlik futbol muxlislari, Qo'qonga tashrif buyurayotgan futbol jamoalari uchun xizmat qilayotgan inson, 70 yoshli Anvar Oxunov "Fidoyilik ramzi" sovrini bilan taqdirlanadi.

“Qo'qon-1912”, “Turon”, “Neftchi”, “Do'stlik Oltiariq” kabi jamoalar muxlislari o'z stadionlarini Anvar akaning ovozisiz tasavvur qila olmaydi. 

"O'zbek futboli nuroniysi"

O'zbek futboli tarixidagi eng yorqin yulduzlardan biri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi, SHuhrat medali sohibi — Birodar Abduraimov "O'zbek futboli nuroniysi" sovrini bilan taqdirlandi.


- Dastlabki nominaciya g'olibi elon qilindi.

- Boshlovchilar Darvoz Fayziev va Laylo Rustamova marosimni boshlab beruvchi nutq irod etmoqda.  

- Marosim boshlanmoqda. Sahnada DJ King Macarella musiqalari yangrab o'tdi. 

- ZO'R TV Renaissance Hall mezbonligidagi tadbir soat 16:30 da boshlanadi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика