So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  9 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

"Eng zo'r-2022". Pavel Bugalo yagona, Odil Ahmedov rekordchi, debyutant Kapadze, Berdiev va Sarkisyan Yangiliklar

"Eng zo'r-2022". Pavel Bugalo yagona, Odil Ahmedov rekordchi, debyutant Kapadze, Berdiev va Sarkisyan

26 noyabr kuni yilning eng yaxshilarini taqdirlash "Eng zo'r-2022" marosimi bo'lib o'tadi.

Mazkur tantanaga oid ayrim faktlarni keltirib o'tamiz va biroz tarixga yuzlanamiz.


Yilning eng yaxshi futbolchisi

— 1992 yildan beri o'tkazib kelinayotgan sovrinning ilk egasi Valeriy Kechinovdir (1992, "Paxtakor")

— Odil Ahmedov bu borada yaqqol rekordchi. O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi 6 marotaba mamlakatimizda tengsiz deb topilgan. 

— Aleksandr Geynrix bu sovrinni yutgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Sasha 2002 yil 18 yoshida eng yaxshi futbolchi sifatida elon qilingan. 

— Pavel Bugalo yilning yaxshi futbolchisi bo'lgan yagona darvozabon bo'lib turibdi. Taniqli sobiq posbon 1996-1997 yil "Paxtakor" safida mazkur sovringa loyiq ko'rilgan. 

— Sovrinni yutgan eng yoshi katta futbolchi Mirjalol Qosimov 34 yosh

— Eng yaxshi futbolchi sifatida shu kungacha faqat 3ta xorijlik futbolchi nomzodlar qatoriga kirgan. Muhsin Muhammadiev (Tojikiston 2000), Gochguli Gochguliev (Turkmaniston 2002), Rivaldo (Braziliya 2009)


Eng yaxshi murabbiy

— Yuriy Sarkisyan va Ro'ziqul Berdiev 5 marotabadan O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyiga aylangan. 

— Quyidagi xorijlik murabbiylar nomzodlar qatoridan joy olgan. Ulardan bittasi g'olib chiqqan.  Aleksandr Myagkov (Rossiya, "So'g'diyona" 1998), Sergey SHevchenko (Ukraina, "Andijon"  1999, "Qizilqum" 2000), Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston, 2004 "Paxtakor"), Yurgen Gyode (Germaniya, O'zbekiston terma jamoasi 2004), Viktor Kumikov (Rossiya, "Mashal" 2007). 

— Samvel Babayan 2015 yildan so'ng yana eng yaxshi murabbiylar nomzodligiga loyiq ko'rildi. 

— Timur Kapadze faoliyatida ilk bor yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qabul qilib olishi mumkin. 


—  Ro'ziqul Berdiev yana bir bor bu sovringa ega chiqsa, Yuriy Sarkisyanning rekordini yangilaydi. 

— 1996 yildan beri hozirgacha jami 13 nafar murabbiy ushbu nominaciyada tengsiz bo'lgan.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика