"Energetik-BGU" "Torpedo-BelAZ"ni taslim qildi. Bobir Abdixoliqovdan ikkita gol va bitta pas
03 apr 2022 18:54
Yangiliklar
"Energetik-BGU" "Torpedo-BelAZ"ni taslim qildi. Bobir Abdixoliqovdan ikkita gol va bitta pas
"Energetik" safida uchala legionerimiz ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Bahsning 3-daqiqasida mehmonlar vakili Gorbachik hisobni ochdi - 0:1.
15-daqiqada Papariga o'zi ishlagan penaltidan gol ura olmadi.
29-daqiqada Bobir Abdixoliqov Papariganing pasidan keyin gol urib, hisobni tenglashtirdi - 1:1.
55-daqiqada Bobir Abdixoliqovning to'p uzatishidan keyin Aleksandr Svirepa mezbonlarni oldinga olib chiqdi - 2:1.
90+4-daqiqada Bobir Abdixoliqov dublga erishdi - 3:1.
SHunday qilib, dastlabki ikkita turda Bobir Abdixoliqov o'z hisobiga 4ta gol va 1ta golli uzatmani yozib qo'ydi.
"Energetik-BGU" (Minsk) - "Torpedo-BelAZ" (Jodino) - 3:1
03.04.2022. Minsk, RCOR-BGU stadioni.
Gollar: 0:1 - Gorbachik (3, pas - Velozo). 1:1 - Bobir Abdixoliqov (29, pas - Papariga). 2:1 - Aleksandr Svirepa (55, pas - Bobir Abdixoliqov). 3:1 - Bobir Abdixoliqov (90+4).
Golga aylanmagan penalti: Papariga (Energetik-BGU) 15 (darvozabon qaytardi).
"Energetik-BGU": Artem Makavchik, SHohruhbek Abdurahmonov, Daniil Silinskiy, Andrey Rilach, Yaroslav Makushinskiy, Bobir Abdixoliqov, Pavel Pashevich, Aleksandr Svirepa, Roman Papariga, Abduqodir Husanov, Aleksey Lavrik.
Gollarni telegramdagi rasmiy kanalimizda tomosha qilish mumkin: VIDEOLARNI KO'RISH
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar