Emeri Vlaxovichning o'yinini baholadi
23 fev 2022 18:24
Yangiliklar
Emeri Vlaxovichning o'yinini baholadi
"Vilyarreal" va "Yuventus" o'rtasidagi ECHL 1/8 final ilk o'yini 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Keksa sinora" tarkibidagi yagona golni jamoaning yangi o'yinchisi Dushan Vlaxovich urdi.
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri serbiyalik hujumchining o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Aynan shunday futbolchilar farqni yuzaga keltirishadi. Dushan ilk daqiqadayoq gol urdi va yana bu ishni qilishi mumkin edi. Uni butun o'yin davomida ushlab turish oson bo'lmadi. Ammo, biz ularning hujumini o'chirib qo'yishga muvaffaq bo'ldik", - deydi murabbiy.
Javob bahsi 16 mart kuni Italiyada bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar