Emeri: “Vilyarreal” bilan ECHLni yutishga imkonim bor”
28 mar 2022 09:30
Yangiliklar
Emeri: “Vilyarreal” bilan ECHLni yutishga imkonim bor”
“Vilyarreal” ustozi Unai Emeri orzusi haqida gapirdi.
“ECHLda g'olib bo'lish uchun asosiy davogar bo'lishi kutilgan “Yuventus”ni dog'da qoldirdik. Endi esa “Bavariya” bilan o'ynashimiz kerak. Ular “Yuventus”dan ham ko'ra qiyinroq raqib. Bizga og'ir bo'ladi.
Sizning orzularingiz bo'lishi kerak, ularni amalga oshirish uchun esa ko'p mehnat qilish lozim. Orzularimdan biri esa keyingi mavsum evrokuboklarda qatnashish. CHempionlar Ligasi chorak finalidamiz va hozirgi orzum musobaqada g'olib chiqish. “Vilyarreal” bilan bunga imkon bor”, deydi Emeri.
Eslatib o'tamiz, “sariq suvosti kemasi”ning 1/4 finaldagi raqibi “Bavariya” bo'ladi va ular o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 6 aprelga belgilangan. Javob o'yini esa 12 aprelda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar