Emeri: "Aston Villa" noodatiy xatolarga yo'l qo'ydi, "Manchester Siti" sovuqqon edi"
13 fev 2023 11:32
Yangiliklar
Emeri: "Aston Villa" noodatiy xatolarga yo'l qo'ydi, "Manchester Siti" sovuqqon edi"
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri APLning 23-turida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.
"Safardagi uchta g'alabamizdan so'ng biz barqarorlikni saqlab qolish va raqobatlashish haqida o'yladik. Albatta, qiyin o'yin bo'lganini bilamiz. Biz APLning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik va bu erda qiyin kechdi, chunki ular sovuqqon edi.
Biz noodatiy xatolarga yo'l qo'ydik, biroq birinchi bo'lim so'ngidanoq maydonda o'z poziciyamizni saqlab qoldik, gol urishga va ko'p imkoniyatlarni qo'ldan chiqarmaslikka harakat qildik hamda bunga erishdik. Umuman olganda, endi hammasi tugadi va biz "Arsenal"ga qarshi navbatdagi o'yin haqida o'ylayapmiz", – dedi Emeri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar