Elyor Tursunov: "Faoliyatimni yakunlash haqida bildirgi yozgandim"
03 iyu 2022 18:55
Yangiliklar
Elyor Tursunov: "Faoliyatimni yakunlash haqida bildirgi yozgandim"
Biroz oldin O'zPFL matbuot xizmati Superliganing 5-turi doirasida "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvini Elyor Tursunov boshqarishini malum qildi.
Biroq saytimizda 27 iyun kunida buxorolik hakamning faoliyatini yakunlagani borasida malumot bergandik. Ushbu holatdan keyin Elyor Tursunovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Jaxl ustida, hissiyotlarga berilib, faoliyatimni yakunlash borasida bildirgi yozganim rost. Keyinchalik Odil Ahmedov hamda Laziz Qo'chqorov bilan maslahatlashgandan keyin qarorim xato bo'lganini tushundim. menga yana ishonch bildirishlari yoqimli. Laziz Qo'chqorov bilan suhbatdan keyin kelajakka umid paydo bo'ldi. Qolaversa, dadam ham qattiq qarshilik qilib, bosiq bo'lishga chaqirdilar. Biz ham futbolchilar kabi muxlislar ko'nglini zabt etishga harakat qilamiz. Ishonamanki, bundan keyin bu kabi tushunmovchiliklar bo'lmaydi", - dedi Elyor Tursunov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar