So’nggi yangiliklar

21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  25 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  2 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  20 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

Eldorbek Suyunov: "Penalti bo'yicha alohida tayyorgarlik ko'raman" Yangiliklar

Eldorbek Suyunov: "Penalti bo'yicha alohida tayyorgarlik ko'raman"

PFL va "Championat.asia" sayti hamkorligida o'tkazilgan eng yaxshilarni aniqlash so'rovnomasiga ko'ra iyul oyining "eng yaxshi darvozabon" deb topilgan "Paxtakor" posboni Eldorbek Suyunovdan laureat bo'lgani va "Qo'qon-1912"ga qarshi bo'lajak o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.

- "Mutaxassislar va muxlislar etirofiga sazovor bo'lish doimo yoqimli. Albatta eng yaxshi bo'lish futbolchini yanada ko'proq ishlashga undaydi. Bu kabi etiroflar, sovrinlar futbolchilarga qo'shimcha motivaciya beradi. PFL va "Championat.asia" hamkorlikda yo'lga qo'yilgan mazkur loyiha barcha uchun birdek qiziqarli bo'ldi".

Eldorbek Suyunov shuningdek "Paxtakor"ni juda muhim bahs kutayotganini takidladi.

- "Qo'qonda bo'ladigan bahsga qizg'in tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bizni naqadar muhim va qiyin o'yin kutayotganini tushunib turibmiz. Qo'qonda barcha jamoalarga har taraflama qiyin bo'lmoqda. SHu boisdan ham mazkur uchrashuvga yanada jiddiy hozirlanish lozim. "Paxtakor" qaerda o'ynamasin doimo g'alaba ko'zlaydi. Nasib etsa, Qo'qon safaridan g'alaba bilan qaytib, muxlislarimizni xursand qilamiz".

- "Penalti? Ayni paytda mashg'ulotlarda odatdagidek tayyorgarlik ko'ryapmiz. Har mashg'ulotlardan keyin jamoamizning shtatli penaltichilari va jarima zarbalarini bajaruvchilari penalti, jarima zarbalarini amalga oshirishadi. SHu orqali standart vaziyatlariga tayyorgarlik ko'rib boriladi. Ammo hozircha aniq penalti borasida shug'ullanayotganim yo'q. Uchrashuvdan oldin murabbiylarimiz raqibni o'rganib, video orqali tahlil qilib chiqib, bizga aynan qaysi jihatlarga ko'proq urg'u berishimiz lozimligini  ko'rsatishadi. To'g'ri, Murod Xolmuhammedov hali "nuqta"dan adashgani yo'q. Albatta, bu uchrashuvda ham penalti bo'lish ehtimolini inobatga olib alohida tayyorgarlik ko'raman. Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. SHu boisdan bo'lishi mumkin bo'lgan barcha jihatlarni etiborga olish zarar qilmaydi".

- "O'ylashimcha, Qo'qonda muxlislarni ajoyib qarama-qarshilik kutmoqda", - dedi iyul oyining eng yaxshi darvozaboni Eldorbek Suyunov.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика