So’nggi yangiliklar

11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  1 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  6 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  19 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1

Eldor Tojiboev: “Eng yaxshi bo'lish doimo yoqimli” Yangiliklar

Eldor Tojiboev: “Eng yaxshi bo'lish doimo yoqimli”

Oliy ligaga qaytgan “SHo'rtan” bu yilgi mavsumni yuqori darajada o'tkazdi.
Tarkibda mahoratli o'yinchilarning jamlangani ham qaysidir manoda bunga sabab bo'ldi deyish mumkin. Xususan darvozabon Eldor Tojiboev joriy mavsum g'uzorliklar darvazasini ishonchli tarzda qo'riqladi. SHu bois “SA” talqiniga ko'ra Tojiboev birinchi liga yakuni bo'yicha “Mavsumning eng yaxshi darvozaboni” bo'ldi. SHu munosabat bilan 28 yoshli posbonni suhbatga chorladik.  

- Eldor aka, “SA” talqiniga ko'ra “Mavsumning eng yaxshi darvozaboni” bo'ldingiz. Bundan xabaringiz bormi?
- Ha, albatta. Buni saytga kirganimda bildim. To'g'risi, bundan xursand bo'ldim. Eng yaxshi bo'lish doimo yoqimli va kishini ruhan tetiklashtiradi. Buning sayt ijodkorlariga minnatdorchilik bildiraman. 

- “SHo'rtan” bir yillik tanaffusdan so'ng yana elitaga qaytdi. Poyoniga etgan mavsumda jamoangizning ishtiroki haqida fikringiz qanday?
- Bu yil tarkibimiz juda yaxshi shakllantirildi. Birinchi bosqichda raqiblarimizga aytarli imkoniyat qoldirmadik va oldimizga qo'yilgan vazifani deyarli 70 foizga bajarib bo'lgandik. Bu esa yigitlarni hotirjamlikka berilishiga sabab bo'ldi. CHunki ikkinchi bosqichda avvalgidek shijoat ko'zga tashlanmadi. Baribir insonni ichki ruhiy jihatdan alday olmaysiz. Futbolchilar bo'shashib ketdi. SHuning uchun ikkinchi bosqichda biroz qiynaldik. SHunga qaramay 1-o'rinni egalladik.  

- Bu yilgi mavsum siz uchun qanday o'tdi?
- Jamoam bilan kichik oltin medallarni qo'lga kiritdim. Mavsum mobaynida deyarli barcha uchrashuvlarda o'ynadim. Bu yil ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Tabiiyki bu juda ham foydali. Kelasi yil endi oliy ligada ham asosiy darvozabon bo'lish uchun intilaman. 

- “SHo'rtan” bilan hamkorlikni davom ettirasizmi?
- Oldimda bir nechta taklif bo'lishiga qaramay, “SHo'rtan”da qolmoqchiman. CHunki bu erda ham meni hamma narsa qoniqtirmoqda. Murabbiy bilan munosabatim yaxshi. Yana ishonch bildirishayotganidan esa unumli foydalanib, oliy ligada ham o'zimni ko'rsatish niyatim bor. 

- Joriy mavsum o'z ampluangiz bo'yicha kimlarning o'yini yoqdi?
- (Biroz o'ylanib) To'g'risi, jamoalar bilan mavsum mobaynida ikki marta o'ynaganimiz uchun dastlabki uchrashuvda bitta posbon harakat qilsa, keyingi bahsda boshqasi darvozada turdi. SHuning uchun alohida bir hamkasbimni ajratib ko'rsatishga qiynalaman. Mayli bitta nomzod aytaman, “Mashal”dagi Husan Olimjonovning harakati yomon emas. Yosh bo'lishiga qaramay, reakciyalari kuchli ko'rindi. Agar o'z ustida ishlashni davom ettirsa, undan kelajakda kuchli darvozabon chiqadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика