So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Eldor Suyunov muxlislar savollariga javob qaytardi Yangiliklar

Eldor Suyunov muxlislar savollariga javob qaytardi

Saytimiz orqali xabar berib o'tganimizdek, bugun O'zbekiston terma jamoasi hamda “Nasaf” futbol klubi darvozaboni Eldor Suyunov www.championat.asia mehmoni bo'ldi.
Bir soatdan ortiq davom etgan suhbat mobaynida Eldor bir qator savollarga javob qaytardi.

Intervyu oxirida esa qashqadaryolik darvozabon saytimiz o'quvchilari tomonidan yo'llangan savollarga ham imkon qadar javob berib o'tdi. Quyida tanlab olingan savol-javoblarni etiboringizga havola qilamiz. Intervyuning to'liq shaklini esa seshanba kuni o'qishingiz mumkin.

Savol: Futbolchi bo'lmaganingizda qaysi kasb egasi bo'lardingiz?
E.Suyunov: Yoshligimdan harbiylikka juda qiziqqaman. SHu bois futbolni tanlamaganimda katta ehtimol bilan harbiy bo'lardim.

Savol: Terma jamoa libosida maydonga tushganda nimalarni his qilasiz? Hayajon bo'ladimi yoki bu oddiy holmi?
E.Suyunov: Albatta, hayajon bo'ladi. CHunki terma jamoa safida maydonga tushgan futbolchi o'ziga millionlab ko'zlar tikilib turganini his qiladi. Bu esa hayajonni keltirib chiqaradi.

Savol: Hozirgi saviyangiz kuchli beshlik chempionatlariga tortadimi?
E.Suyunov: Kuchli beshlik chempionatlari deganda biz Angliya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Franciya milliy chempionatlarini tushunamiz. Butun dunyoning eng kuchli o'yinchilari aynan shu chempionatlarda to'p surishadi. Tan olish kerak,  hozirgi saviyam bunday darajaga tortmaydi. Lekin o'sish uchun o'z ustimda ishlashda davom etyapman.

Savol: Kitob o'qib turasizmi? Sir bo'lmasa, oxirgi o'qigan kitobingiz qaysi?
E.Suyunov: Kitob o'qishga qiziqaman. Ko'pincha detektiv, jangari janridagi kitoblarni mutolaa qilaman. Oxirgi o'qigan kitobim -  “Qimorning qing'ir ishlari” asari bo'ldi.

Savol: Tasavvur qiling, Osiyo Kubogi finali. O'yinning so'nggi daqiqasida siz penalti tepishingiz kerak. Penalti gol bo'ldi va bu golni kimga bag'ishlardingiz?
E.Suyunov: Albatta, ota-onamga bag'ishlagan bo'lardim. CHunki ular men uchun hayotdagi eng muhim insonlardir.

Savol: O'zbekiston chempionatining boshqa klublaridan taklif tushsa, “Nasaf”dan ketarmidingiz?
E.Suyunov: Yo'q. Men “Nasaf”da baxtliman va shu erda qolishni istayman. “Nasaf”dan qachonki chet el klublaridan taklif tushsagina ketishim mumkin.

Savol: Futbolni tanlab nima topdingiz-u, nima yo'qotdingiz?
E.Suyunov: Hozir nimaga erishgan bo'lsam. Hammasi futbol tufayli amalga oshdi deb o'ylayman. Futbol menga ko'p narsa berdi: do'stlar orttirdim, ozmi-ko'pmi muxlislarga tanildim, qolaversa hayotimni moliyaviy jihatdan taminlab boryapman. Hozircha hech narsani yo'qotganim yo'q, faqat ko'pincha safarlarda bo'lganimiz uchun oilam davrasida kam bo'lyapman.

Savol: Siz va Akbar To'raev bir-biringizga o'xshab ketasizlar. Mabodo qarindosh emasmisizlar?
E.Suyunov: Biz Akbar bilan do'stmiz, lekin qarindosh emasmiz.

Savol: Oilangiz haqida malumot bersangiz. Uylanganmisiz? Sevgan qizingiz bormi?
E.Suyunov: Oilada uch o'g'ilmiz. Mendan keyin ikkita ukam bor va ular futbol sohasida emas. Uylanmaganman. Hozircha sevgan qizim yo'q.

Savol: Siz o'yinini ko'rgan eng kuchli uch nafar darvozabon kim?
E.Suyunov: Ignatiy Nesterov, Murod Zuhurov va Sanjar Quvvatov.

Savol: Sizga qarshi to'p surgan uchta eng xavfli futbolchi sifatida kimlarni ayta olasiz?
E.Suyunov: Birinchi navbatda Anvar Solievni. Anvar aka kam o'ynasa ham jarima maydonchasi ichida doim xavfli harakat qiladi. Keyin Jamshid Iskanderov bilan Aleksandr Pishurni ko'rsata olaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика