Eldor SHomurodov yangi mavsumda Karlo Anchelotti bilan birga ishlashi mumkin
04 fev 17:55
Yangiliklar
Eldor SHomurodov yangi mavsumda Karlo Anchelotti bilan birga ishlashi mumkin
Raneri ham yozda klubni tark etadi.
As nashri xabar berishicha, "Roma"dagilar loyihani mashhur murabbiy bilan qayta jonlantirishni niyat qilgan. "Jallorossi" o'z navbatida bu ishni Karlo Anchelotti bilan amalga oshirishni niyat qilgan. Italiyalik murabbiy hozirda "Real"daligi yodingizda bo'lsa kerak.
Klub egalari Fridkinlar oilasi vakillari 65 yoshli mutaxassisni ko'ndirishga astoydil kirishgan. Muzokaralardagi muhim argumentlardan biri Anchelottining rimliklar bilan aloqalari – Karlo 1979 - 1987 yillarda "Roma" sharafini himoya qilgan.
Murabbiyning o'zi "Real"dan ketishni rejalashtirmayapti va faoliyatini aynan "qirollik klubi"da yakunlash variantini ham ko'rib chiqmoqchi. Biroq bu holat "Roma" uchun to'siq bo'lmayapti va klub Florentino Peres Anchelotti bilan shartnomasi yakunlangach, yozda xayrlashishga qaror qilsa, italiyaliklarda imkoniyat bo'lishidan umidvor.
Eslatib o'tamiz, "Roma" 23-turdan keyin 31 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar