Eldor SHomurodov: "Jamoa bilan faxrlanaman. Murabbiyga kerak bo'lganda doim tayyor bo'lishga harakat qilaman"
16 may 2022 14:46
Yangiliklar
Eldor SHomurodov: "Jamoa bilan faxrlanaman. Murabbiyga kerak bo'lganda doim tayyor bo'lishga harakat qilaman"
"Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov A Seriya 37-tur doirasidagi "Veneciya" (1:1)ga qarshi o'yinda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
O'zbekistonlik forvard ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va juda muhim golni urishga erishdi.
O'yindan so'ng SHomurodov Corriere dello Sport'ga o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Murabbiyga kerak bo'lganda doim tayyor bo'lishga harakat qilaman. Faqatgina durangga erishganimiz achinarli, sababi biz "Veneciya"ni mag'lub etmoqchi va Evropadagi ishtirokimizni kafolatlamoqchi edik.
Ammo, men jamoa bilan faxrlanaman, endi diqqatimizni jamlashimiz kerak, sababi oldimizda Konferenciyalar Ligasi finali qoldi", - deydi hujumchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar