Eldor Shomurodov: "Eronni yutsak, mundial yo'llanmasini 99% hal etgan bo'lamiz"
21 mar 03:05
Yangiliklar
Eldor Shomurodov: "Eronni yutsak, mundial yo'llanmasini 99% hal etgan bo'lamiz"
Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov bugungi uchrashuv haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
"Jahon chempionatiga yana bir qadam tashladik. Oldinda yana final kutib turibdi. Eronni yutsak, mundial yo'llanmasini 99% hal etgan bo'lamiz. Tehronda g'alaba qozonishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz sardori bahs yakunlangach.
- Eldor aka, 11 metrlik jarima zarbasi belgilangan chog'ida Otabek Shukurov va Jaloliddin Masharipovlar yoningizga keldi. Ular ham penaltini tepishmoqchi edimi?
- Ha, biz har penalti oldidan bu safar kim tepishi kerakligini kelishib olamiz. Bugun ular nuqtadan gol ura olmasligimni sezgan ekan(kuladi).
- Raqib darvozaboni sizning zarbalaringizni o'rganib chiqqan ekanmi?
- Balkim, men o'zi juda kam penalti tepaman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar