So’nggi yangiliklar

14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  0 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  2 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0

Eldor SHomurodov: “CHiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand qilamiz” Yangiliklar

Eldor SHomurodov: “CHiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand qilamiz”

Olimpiya terma jamoamiz futbolchisi Eldor SHomurodov Janubiy Koreyaga qarshi o'yin borasida, shuningdek, Iroqqa qarshi bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Musobaqani kutilganidek boshlay olmadik. Raqib himoyachilari tartibli o'yin namoyish etishdi. Nasib qilsa, keyingi o'yinda yanada yaxshiroq o'ynab, ko'proq gol kiritishga harakat qilamiz", - deya so'z boshladi hujumchimiz.

-   O'yin davomida siz Sergeev bilan joy almashib harakat qildinglar. Bu narsa Koreyadek tartibli terma jamoaga qarshi o'yinda halal bermaydimi.
-   Bu narsa katta ahamiyatga ega emas. Masalan men ham, Igor ham markaziy hujumchi rolida o'ynaganmiz. Bu narsa raqib himoyachilarini chalg'itish uchun tanlangan uslub edi.

-   Mag'lubiyatdan so'ng, Iroqqa qarshi o'yin oldidan murabbiylar tomonidan qanday maslahatlar berildi?
-   Birinchi mag'lubiyatdan so'ng ruxan cho'kib qolmaslik uqtirildi. Hali imkoniyatimiz bor. Nima qilib bo'lsa ham Iroqqa qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Bundan qiyin vaziyatlarda ham, masalan jahon chempionatida guruhdan chiqish vazifasini uddalaganmiz.

-   Iroq terma jamoasining asosiy futbolchilari mamlakat milliy terma jamoasiga ham azo hisoblanadilar. Bu narsa baribir jamoaning kuchliligidan dalolat beradi... Qaysi futbolchiga ko'proq etibor qaratiladi?
-   Jamoaning o'yinlarini, futbolchilarning harakatlarini ko'rdik. Jamoa o'rganib chiqildi. Xudo xohlasa chiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilamiz.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика