So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   4 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  12 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Eldor Ergashev: "Neftchi" hali Superligada emas. Pro ligada esa yaxshi tomonga o'zgarishlar bo'lmoqda" Yangiliklar

Eldor Ergashev: "Neftchi" hali Superligada emas. Pro ligada esa yaxshi tomonga o'zgarishlar bo'lmoqda"

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Pro liga 18-turida "SHo'rtan"ni mag'lubiyatga uchratdi va Superliga sari katta qadamni tashladi.

Biz esa ushbu uchrashuvdan so'ng joriy mavsumda jamoa tarkibida ajoyib o'yinlari bilan muxlislar etiboriga tushgan Eldor Ergashevni suhbatga chorladik.

- Eldor avvalo o'yin haqida qisqacha fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz, qiyin o'yinda so'nggi soniyalarda urilgan gol "Neftchi"ga g'alaba keltirdi...

- O'z maydonimizda, muxlislar qarshisida g'alaba qozonish har doim maroqli va yoqimli. G'alabamizda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlagani bizga foyda berdi. Ob-havo sovuqligiga qaramasdan stadionga ko'plab ishqibozlar tashrif buyurishdi. 

- Qolgan ikki uchrashuvni hisobga olganda "Neftchi"ni Superligaga yo'llanma oldi deya olamizmi?

- Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Biz hali Superligaga chiqmadik. 

- Pro ligada mavsum poyoniga etmoqda. O'zingiz uchun bu yil nima kashf qildigiz?


- O'tgan mavsum himoyada ko'proq to'p tepdim. Bu mavsum esa oldingi chiziq, yarim himoyada harakat qilmoqdaman. Qaysi poziciyada o'ynashimdan qatiy nazar jamoamga foydam tegsa bo'lgani. SHuningdek bu yil gollarimni hisobini ochib oldim, ko'proq gol urishga harakat qildim. 

- Sizdagi nostandart harakatlar, uzoqdan kutilmagan zarbalar, tashqi ko'rinishingizdan Aleksandr Geynrixga o'xshatayotganlar ham bor. Sizni bunga munosabatingiz qanday?

- Kutilmagan zarbalar murabbiylarimizning ko'rsatmalaridir. O'yinlarim muxlislarga yoqayotganidan xursandman. Aleksandr Geynrixga o'xshatishayotganligi esa yoqimli albatta.

- "Neftchi" uchun shu kunga qadar o'tgan eng qiyin o'yin qaysi?

- Biz uchun hech bir bahs oson o'tayotgani yo'q. Bu borada kimnidir ajratib ko'rsatmoqchi emasman.

- Pro liga 2020 yilgi mavsumda yangi darajaga chiqdi deb hisoblaysizmi?

- Albatta Pro ligada yaxshi tomonga o'zgarishlar bo'lmoqda. Barcha jamoalar oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика