So’nggi yangiliklar

21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  0 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  20 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  77 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  5 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  5 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   7 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  93 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  2 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  18 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  58

Eldor Adhamov: "Surxon"ga qarshi bahsda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz" Yangiliklar

Eldor Adhamov: "Surxon"ga qarshi bahsda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz"

"Andijon" bugun safarda "Surxon" jamoasi mehmoni bo'ladi.

Ushbu bahsdan oldin mehmonlar darvozaboni Eldor Adxamov bilan suhbatlashdik.

- Superliganing o'tgan turida "Andijon" jamoasi Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bilan kuch sinashdi va murosa ko'chasini tanlashdi. Ushbu uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- "Qizilqum" bilan bo'lgan o'yinda jamoamiz uchun qiyin bo'ldi, bizga g'alaba juda muhim edi. Hujumlar uyushtirishda kamchiliklar yuzaga keldi va yakunda bir ochko bilan cheklandik.

- Darbozabon yarim jamoa hisoblanadi, ko'p vaziyatlarda "Andijon" jamoasini muqarrardan gollardan saqlab qolmoqdasiz, lekin "Bunyodkor" jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda o'yiningizda pasayish sezildi?

- Darbozabon asosan ruhan o'yinga tayyor bo'lishi kerak, bazi uchrashuvlarda omadsiz o'yinlar ham bo'lib turadi va shunday holatlarda tezroq esdan chiqarib keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish kerak bo'ladi. "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng kamchiliklar borligini his etib, "Qizilqum" jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'yinda ishonchli o'tkazib avvalgi o'yinda tasodif ekanligini qaysidir manoda buni isbotladim deb o'ylayman.

- Joriy mavsumda "Andijon" jamoasi bir marotaba g'alabaga erishdi va yagonaligicha qolmoqda. Sizningcha, jamoaning g'alaba qozonishiga nima etishmayapti?

- Jamoada aksariyat o'yinchilar yosh, oz bo'lsada tajriba etishmayapti. Hujumchilarga bir oz omad yuz o'girmoqda, murabbiylar kamchiliklar ustida astoydil mehnat qilishmoqda. Nasib bo'lsa keyingi turda g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilamiz.

- Eldor, nima deb o'ylaysiz ushbu mavsumda "Andijon" jamoasi Superligada jon saqlab qola oladimi?

- Jamoamiz Superligada qolishligi uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va nasib bo'lsa buni uddalaymiz.

- "Andijon" jamoasi keyingi 22-turda turnir jadvalida yonma-yon kelayotgan "Surxon" jamoasiga qarshi safarda maydonga tushadi. Bu o'yindan oldingi fikrlaringiz...

- Ushbu bahsda jamoamizga qiyin bo'lishi aniq, sababi raqibimiz ham Superligada o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. SHuning uchun g'alaba qozonishimiz kerak va muxlislarni kayfiyatini ko'tarish uchun bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.

Nodirbek Abdullaev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика