Eldor Adhamov: "Berdiev va Polvonov jamoaga foyda keltiradi"
07 avg 2022 20:50
Yangiliklar
Eldor Adhamov: "Berdiev va Polvonov jamoaga foyda keltiradi"
Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Andijon" – "G'ijduvon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar darvozaboni Eldor Adhamov fikrlariga quloq tutdik.
"To'g'risi, o'yin to'liq jamoamiz nazoratida o'tdi. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq omadimiz kelmadi. Asosiysi, muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik.
Superligaga chiqish imkoniyatimiz o'z qo'limizda. Oldinda turgan bellashuvlarda ijobiy natijalar qayd etsak, ishonamanki, biz vazifani bajara olamiz. Asosiysi, har bir o'yinda g'alaba qozonib borishimiz lozim.
Tarkibga kelib qo'shilgan Suhrob Berdiev va Zafar Polvonovni anchadan beri bilaman. Ikkisi ham tajribali va yaxshi futbolchilar. Ular "G'ijduvon" bilan bellashuvda jamoaga ancha asqatdi. Ishonamanki, ikkisi ham jamoaga foyda keltiradi", – dedi darvozabon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar