"El-Klassiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10)
02 dek 2016 23:00
Yangiliklar
"El-Klassiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10)
"Barselona" hamda "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan ushbu qarama-qarshilikda eng ko'p gol kiritgan futbolchilar haqida eslab o'tishni joiz deb topdik.

10. Yugo Sanches ("Real") - 10 ta gol. Meksikalik futbolchi "qirollik klubi" safida "Barsa" darvozasiga 10 ta gol kirita olgan.

9. Xosep Samiter ("Barselona") - 10 ta gol. Samiter 1919-1932 yillar mobaynida o'tgan faoliyati davomida 10 marotaba "El-Klassiko"larda raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

8. Santilyana ("Real") - 12 ta gol. Santilyananing "Klassiko"lardagi gollari soni esa 12 tani tashkil qiladi.

7. Pako Xento ("Real") - 14 ta gol. Xento "Real"dagi faoliyati davomida 128 ta gol kiritgan. SHulardan 14 tasi "Barsa" darvozasiga urilgan.

6. Ferenc Pushkash ("Real") - 14 ta gol. Vengriyalik mashhur futbolchining ham bu boradagi ko'rsatkichi 14 taga teng.

5. Sesar Rodriges ("Barselona") - 14 ta gol. Ispaniyalik charm to'p ustasi "Real" darvozasini 14 marotaba aniq nishonga olgan.
4. Raul ("Real") - 15 ta gol. Afsonaviy Raul 16 yillik faoliyati davomida 15 marotaba kataloniyaliklar darvozasiga yo'l topa olgan. 
3. Kristianu Ronaldu ("Real") - 16 ta gol. "Real" tarixidagi eng yaxshi to'purar 16 marotaba "El-Klassiko"larda gol kiritgan.
2. Alfredo di Stefano ("Real") - 18 ta gol. Dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri esa 18 marta "Barselona" muxlislarini xafa qilgan.
1. Lionel Messi ("Barselona") - 21 ta gol. Argentinalik futbolchi "El-Klassiko"lar tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U 21 marotaba "Real" darvozasini ishg'ol qila olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar