So’nggi yangiliklar

14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  0 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   14 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  19 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  10 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  18 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  13 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7

Ektor Kuper: "Milliy terma jamoa asosi muntazam shakllantirib boriladi" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Milliy terma jamoa asosi muntazam shakllantirib boriladi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligida Toshkentda yig'inga kirishgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

O'FA matbuot xizmati argentinalik mutaxassis bilan qisqa intervyu uyushtirib, bo'lajak yig'in va tarkibga jalb qilingan futbolchilar haqida suhbatlashdi.

- Janob Kuper, yig'inga futbolchilarni jalb qilishda nimalarga asoslandingiz?
- Birinchi navbatda, O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan barcha uchrashuvlarini ko'rib chiqdim. SHuningdek, bu yil o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarining videoyozuvini ham yordamchilarim bilan tahlil qildik. Ana shu uchrashuvlarda qatnashgan futbolchilarni dastlabki yig'inga taklif qilishga qaror qildik. Yig'in davomida futbolchilar bilan yaxshiroq tanishib, ular haqida kengroq malumotga ega bo'lamiz. SHundan kelib chiqib milliy terma jamoaning asosini shakllantirib boramiz.

- Demak, dastlabki yig'inga chaqirilgan futbolchilar asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobatga kirishishlari kerak bo'ladi, to'g'rimi?
- Ha, albatta. Yig'inga chaqirildi deganda asosiy tarkibdan joy kafolatlandi degani emas. Yig'in davomida bizni qoniqtirmagan futbolchilarga javob berib yuboriladi. SHuningdek, O'zbekiston Superligasi uchrashuvlarini muntazam kuzatib borish orqali, milliy chempionatdan ham futbolchilar kelasi yig'inlarga taklif qilinadi. Buning ustiga, Olimpiya terma jamoasida to'p surayotgan futbolchilar bor. Ulardan ham milliy terma jamoaga bir qator futbolchilarni chaqiramiz.



- Olimpiya terma jamoasi haqida so'z ochdingiz. Indoneziyada bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?
- Albatta, kuzatib boryapman. Olimpiya terma jamoasi juda yaxshi shakllangan, kuchli futbolchilardan iborat. Bu jamoadan bir qator futbolchilarni ko'z ostimga olib qo'ydim. Ularni keyingi yig'inlarga jalb qilamiz. Asosiysi, futbolchining yig'in paytidagi jismoniy va funkcional holatiga ko'p narsa bog'liq. Buning ustiga, termaga taklif qilingan futbolchi mening uslubimga mos kelishi kerak. Mana shu ikki jihat futbolchilarning milliy terma jamoada o'ynab ketishida eng asosiy omil hisoblanadi.

- Milliy terma jamoamiz sentyabdra Suriya va Eron bilan, oktyabrda Qatar va SHimoliy Koreya bilan o'ynaydi. Tanlangan raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz.
- Albatta, o'rtoqlik o'yinlari uchun tanlangan raqiblardan to'la qoniqish hosil qildim. Hozir raqiblarni kuchli yoki kuchsizga ajratib o'tiradigan payt emas. Muhimi, o'z o'yin uslubimizni yo'lga qo'yib, asosiy tarkibni shakllantirishimiz kerak.

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan, yaxshi sparring raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilayotgan O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman".

Reyting: +106   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика