So’nggi yangiliklar

16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  8 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1

Ektor Kuper: "Pley-offda biz raqib tanlamaymiz" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Pley-offda biz raqib tanlamaymiz"

Osiyo Kubogi-2019 doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Ektor Kuper qatnashdi.

Unga yarim himoyachi Javohir Sidiqov hamrohlik qildi. 

"Ertaga Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynaymiz. Lekin biz faqat ertangi bahs haqida o'ylayotganimiz yo'q. CHunki 1/8 finalga chiqib bo'ldik. Bazi futbolchilarga dam beramiz. O'yinchilar jarohat olmasliklari uchun ularni o'ylashimiz kerak. Maqsadimiz Yaponiyani mag'lub etib, guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqchiga chiqish", - deydi Kuper.



"Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynashimizni his qilib turibmiz. To'g'ri minmimum vazifa bajardik. Ertaga kuchli jamoa bilan bahsda o'zimizni sinab ko'rish uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi", - deydi Sidiqov.

- Muddatdan avval guruhdan chiqish vazifasini bajardik. Ertaga tarkibda qanday o'zgarishlar bo'ladi? Yaponiyaga qarshi qanday syurpriz bor?
- Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Lekin dastlabki ikki uchrashuvda 180 daqiqa davomida o'ynagan futbolchilarga dam beramiz. Bundan tashqari sariq kartochkasi bor o'yinchilarni ham asraymiz. Afrika Kubogida jamoa yaxshi shhynagan paytda tarkibdagi futbolchilarga dam bermagandim. Keyin o'sha o'yinchilarda charchoq alomatlari sezilib qolgandi. O'sha tajribadan keyin hozir o'zgarishlar qilmoqchiman. Aynan kimlar zaxirada qolishini bugungi mashg'ulotdan keyin aniqlab olamiz.

- Oldin Afrika kubogida ishtirok etgansiz. Osiyo Kubogi haqida nima deya olasiz?
- Ertaga tarkibda o'zgarish bo'ladimi yoki bo'lmaydimi farqi yo'q - maqsadimiz Yaponiyani mag'lub etish. Tarkibdagi 23 nafar futbolchi maydonga tushishga tayyor. Raqib Avstraliya bo'ladimi yoki boshqami farqi yo'q, istalgan jamoa syurpriz taqdim etishi mumkin. Agar sen Osiyo Kubogini qo'lga kiritmoqchi bo'lsang, har qanday raqibni mag'lub etish kerak. Osiyo Kubogidagi jamoalar darajasi Afrika Kubogidan yuqoriroq turadi. 



- Yaponiyani to'xtatish vaqti keldi deb hisoblaysizmi? 
- Statistikani hurmat qilaman. Biroq bu tarix. Futbolda har qanday holat yuz berishi mumkin. O'yin paytida statistika yoki oldingi o'yinlar haqida o'ylamaymiz. Masalan, Ummon bilan o'yinlarda biz ko'proq yutqazgan ekanmiz, biroq Osiyo Kubogida ularni mag'lub etdik.

- Sizda ishonch boshqalarga qaraganda ko'proq bo'lishi kerak. CHunki o'tgan yil U-23 Osiyo chempionatida Yaponiyani 4:0 hisobida mag'lub etilganda tarkibda bor edingiz.
Javohir Sidiqov: 
- Bitta menda emas, barcha jamoadoshlarimda ishonch yuqori. Yaponiya bilan ko'p to'qnash kelganman. O'smirlar, yoshlar terma jamoalari safida Yaponiyaga qarshi ko'p o'yin o'tkazganman va hech qachon mag'lub bo'lmagan ekanman.  Ertaga ham bu anana davom etishini istayman.


- Yaponiya haqida nima deysiz? Ularning kuchli va kuchsiz tomoni nimada? 

- Bu haqida o'zim biladigan narsalarni hozirgi matbuot anjumanida aytib o'tirmayman. Raqib haqida faqat uchta jihatni keltirishim mumkin: tarixi buyuk, pressingi kuchli va tezkor jamoa. Ammo har qanday kuchli jamoani ham mag'lubiyatga uchratish mumkin. Biz shunga harakat qilamiz.

- Ertaga o'yindan keyin ikkita yo'l bor. Al Aynda qolib Avstraliyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rish yoki SHarjaga qaytish. Sizga qaysi biri maqul? 

- Avvalo men faqat yutishni xohlayman. Eng muhimi uch ochko. BAAda hamma shahar chiroyli. Men shahar ajratmayman. Bizga qilinayotgan sharoitlar zo'r. Qaysi shaharda bo'lishning farqi yo'q.


Xayrulla Xoliqov va Narzulla Saydullaev

Al Ayn, BAA

Reyting: +143   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика