So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi birinchi mashg'ulotni o'tkazdi Yangiliklar

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi birinchi mashg'ulotni o'tkazdi

Avval xabar berilganidek, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi bugundan Toshkentda yig'in boshladi.

Yig'inga jalb qilingan futbolchilar poytaxtimizdagi "Jar" stadionida birinchi mashg'ulotni o'tkazishdi. Dastavval, Kuper futbolchilar bilan birma-bir tanishib chiqdi. Keyin mashg'ulotlarga start berildi.

Mashg'ulot davomida Ektor Kuperga uning yordamchilari Xose Karlos Fantagucci, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam berishdi.

Avvaliga futbolchilar engil chigalyozdi mashqlarini olib borishdi. Keyin futbolchilar poziciyalariga ko'ra guruhlarga bo'linishdi. Har bir guruh bilan alohida mashq o'tkazildi.

Darvozabonlar bilan "Nasaf"dan chaqirilgan murabbiy Denis Ivankov ishladi. Keyin futbolchilar maydonning yarmida ikkiga bo'lingan holda futbol o'ynashdi. Mashg'ulotdan keyin futbolchilar muz to'ldirilgan basseynga tushib, tiklanish mashqlarini davom ettirishdi.

Mashg'ulotlar quvnoq kayfiyatda o'tganini, futbolchilar yangi murabbiy ko'z o'ngida astoyidil mehnat qilishganini ham alohida takidlab o'tish kerak.

Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика