So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Ektor Kuper: "Agar to'qnash kelsak, Kannavaroni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilaman" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Agar to'qnash kelsak, Kannavaroni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilaman"

Avval xabar berganimizdek, bugun Nanning shahridagi “Guanxi Sports Centre” stadionida “China Cup-2019” musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi.

Matbuot anjumanida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va terma jamoamiz hujumchisi Eldor SHomurodov qatnashdi. Dastlab, Kuper o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bu erda bo'lib turganimdan xursandman. “Shina Cup” juda yaxshi musobaqa. Bu musobaqada kuchli jamoalar ishtirok etishadi. Ularga qarshi o'ynash biz uchun foydali bo'lishi shubhasiz. Biz mazkur musobaqa orqali Jahon chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu musobaqaga tayyorlanish uchun ko'p vaqt bo'lmadi. Kecha keldik. Hozircha bitta mashg'ulot o'tkazdik. SHunga qaramay, musobaqa davomida o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz”.



Eldor SHomurodov: “Bizni Xitoyda juda yaxshi kutib olishdi. Buning uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Nanning yangi shahar ekan. Juda chiroyli. SHahar menga yoqdi, menda yaxshi taassurot qoldirdi”.

Ektor Kuper: “Osiyo Kubogi bilan solishtirganda bizning tarkibimizda katta o'zgarishlar yo'q. Deyarli o'sha tarkib bilan Xitoyga tashrif buyurdik. “China Cup” musobaqasida Osiyo Kubogidagi kabi o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Men Xitoyga birinchi bor kelishim. Avval bu mamlakatda bo'lmaganman. SHu sababli jamoam bilan yorqin o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Ammo biz uchun eng muhimi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Mazkur musobaqalarga o'xshash turnirlar orqali mundial saralashiga tayyorgarlik ko'ramiz.



Fabio Kannavaro ayni paytda Xitoy terma jamoasini boshqarib borayotganini bilaman. U 15 yil oldin Milanning "Inter” tarkibida o'ynagandi. U juda yaxshi futbolchi. Tartibli o'yin namoyish qilardi. U murabbiy sifatida ancha tajriba to'plagani aniq. Futbolchilardan ham tartib intizomga amal qilishni talab qilishi tabiiy. Men Kannavaroga murabbiylik faoliyatida omad tilayman.

U buyuk murabbiy bo'lib etishishiga ishonaman. Unda buning uchun barcha jihatlar mavjud. Agar maydonda murabbiy sifatida uchrashadigan bo'lsak, men Kannavaroni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilaman.

Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish juda yaxshi g'oya. Bu faqat O'zbekiston yoki Xitoy uchun emas, barcha Osiyodagi terma jamoalar uchun juda yaxshi imkoniyat. Men bu g'oyani qo'llab quvvatlayman. Bu holat butun dunyoda futbol rivojiga hissa qo'shishi aniq”, - dedi Kuper.


Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика