So’nggi yangiliklar

21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  2 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  48 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  14 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

Ekspert fikri: "Navbahor" Jasur Yaxshiboev uchun ortga tashlangan qadam emas. U oddiy jamoaga kelmadi" Yangiliklar

Ekspert fikri: "Navbahor" Jasur Yaxshiboev uchun ortga tashlangan qadam emas. U oddiy jamoaga kelmadi"

Yozgi transferlar oynasida faollikni qo'ldan boy bermayotgan "Navbahor" yaqinda tarkibini yana bir futbolchi bilan kuchaytirdi.


Eshitdik-da! "Navbahor" Jasur Yaxshiboev bilan muzokara olib bormoqda


"Legiya" bilan xayrlashgan Jasur Yaxshiboev ikkinchi davrani Namanganning "Navbahor" jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. Tomonlar  rasman shartnoma imzolashdi. Saytimizdagi ekspert fikri rukni orqali bu borada Jasur Abduraimovning fikrlari bilan qiziqdik. 


Rasman: Jasur Yaxshiboev "Navbahor"ga o'tdi


- Jasur Yaxshiboev o'z vaqtida "Paxtakor"da va yoshlar terma jamoasida qo'l ostingizda to'p tepgan. Uning imkoniyatlari va nimalarga qodirligini juda yaxshi bilasiz. "Navbahor"ga o'tganini qanday qabul qildingiz?

-  "Navbahor" oldiga yuqori maqsad qo'ygan jamoa hisoblanadi. Bunday jamoada to'p tepish doim qiziqarli. Qolaversa stadiondagi muxlislar uchrashuvlarda ajoyib muhit yaratishadi. Jasur Toshkentdan boshqa jamoa to'p tepmagan, demak uning uchun ham yangi chorlov. Bu kabi individual kuchli futbolchilar kam. Ikkinchidan Samvel Babayan ham Jasurni yaxshi biladi. 25 yoshga kirgan bo'lsa, hali imkoniyatlarini 100 foiz to'liq ochib bera olgani yo'q. 

- SHaxsan men uni legioner sifatida faoliyatini davom ettirishini Taxmin qilgan edim. Uning oldida bir qator xorij klublaridan takliflar bor edi. "Navbahor" ortga tashlangan qadam emasmi?

- Menimcha, yo'q. Yaxshiboev uchun faoliyatining davomi, xolos. "Navbahor" o'rtamiyona oddiy jamoa emas. Agarda pastki o'rinlardagi klub, deylik "Dinamo", "Qo'qon-1912"ga borganida boshqa gap edi. Bunda yuqoridagi fikringizni bildirishingiz mumkin bo'lardi. Bu to'g'ri qaror, deb o'ylayman. Faqatgina murabbiylar ishonch bildirishi kerak. Belarus, Polsha, Moldovada chempionlikka erishdi. Balki endi navbat "Navbahor"ga kelgandir. Bu klubda oldiga qo'ygan maqsadi bor. CHempionlik uchun kurashmoqda.  


Xarakter degan narsa hammada bor. Belarus chempionatida to'purarlardan biri bo'ldi. Uning xarakteri yomon bo'lganda bunday gollarni urmagan, xorij klublarida to'p tepmagan bo'lardi. Ibragimovichda yaxshi xarakter bor deb o'ylaysizmi? Istagan futbolchingizda xarakter bor. Uning hech kimga zarari tegmaydi. Yaxshiboevda ham shunday. Hayotda hamma bilan ham gaplashib ketmasligi mumkin. Ammo maydonga chiqib o'z ishini qiladi. Tartib-intizomga rioya qiladi. Ichmaydi, chekmaydi yoki boshqa yo'llardan yurmaydi. Bilmayman bu narsani kimlar o'ylab topgan. Omadini bersin, tamom.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика