So’nggi yangiliklar

08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  10 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  1 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2

Eh, g'alabaga bir bahya qolgandi-ya... Yangiliklar

Eh, g'alabaga bir bahya qolgandi-ya...

Bugun yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatidan o'rin olgan 2-tur bahsini o'tkazdi.
Avvalgi o'yinda Indoneziyani mag'lub etgan jamoamiz bugun BAA ustidan ham g'alaba qozonishi mumkin edi, ammo oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol bizni muhim g'alabadan mosuvo qildi. Standart vaziyatlarda bo'sh harakat qilish oqibatida shundoq cho'ntakdagi g'alabani boy berib qo'ydik.

Aslida o'yin to'liq futbolchilarimiz ustunligi ostida kechdi. BAA yoshlari deyarli hujum qilishmadi ham, biz esa bir necha bor golli vaziyatlarga ega bo'ldik. Agar so'nggi pallada Zabixillo O'rinboev gol urganida hisob 3:1 bo'lardi va qarabsizki, g'alaba naqd edi. Ammo to'p kirita olmagan Zabixilloning o'zi raqibga burchak to'pini ishlab berdi.

Keyin esa arab futbolchisi to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi va ularning 7-raqamdagi o'yinchisi gol urib, hammasini rasvo qildi. Qolaversa, bu vaziyatda darvozabonimiz ham xatoga yo'l qo'ydi. Agar Dilshod Hamroev vaziyatni to'liq o'z nazoratiga olib, futbolchilar qaerda turishi kerakligini jamoadoshlariga yaxshilab uqtirganida darvozamizga to'p kiritilmasdi.

Xullas, ikkita standartdan ikkita gol o'tkazib yubordik, bu esa juda alam qilyapti. To'g'ri, guruhdan chiqish imkoniyatimiz yo'qolgani yo'q, ammo biz uchun har bir o'yindagi natija muhim. Jamoamiz oldiga jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilganini unutmaylik. Lekin bir narsadan xursandmiz, Ravshan Haydarov qisqa vaqt ichida tayinli o'yin uslubini terma jamoaga singdira olibdi. Yoshlarimiz o'yinida murabbiyning mehnati ko'rinib turibdi, faqat hujumda va himoyalanishda sal tajovuzkor bo'lishimiz talab etiladi.

Bundan keyin o'yinlar yanada qiyinlashib boraveradi. Mana shunday pallada futbolchilarimizdan yanada faol harakat qilishlarini so'rab qolamiz. Yoshlarimizga murojaat: hali hech narsa yo'qotilgani yo'q, bardam bo'ling va Avstraliyani yutish haqida o'ylang. O'yiningizga jiddiy etiroz yo'q, bizga maqul kelyapti, faqat oxirgi to'p uzatish va so'nggi zarbani berishda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymasangiz bas.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика