So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  1 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  0 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  2 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  6 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  13 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Edgar Gess: "O'yin durangga mos edi" Yangiliklar

Edgar Gess: "O'yin durangga mos edi"

"Qizilqum"ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Edgar Gess o'yin to'g'risida fikrlarini bildirdi.
- O'yin durangga mos edi. Gol o'tkazib yuborgunimizga qadar yigitlar hammasini to'g'ri bajarishayotgandi. Bugun kim bitta to'p kiritsa, o'sha jamoa g'alaba qozonardi. Gol kutilmagan holatda darvozamizga kiritildi. Birgina ana shu vaziyatni inobatga olmaganda biz uchun hammasi yaxshi ketayotgandi. Yana takrorlayman, durang natijasi qayd etilganda haqqoniy bo'lardi. Yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. Ikkala jamoa ham ochko olish uchun maydonga tushgandi va o'yin shunga yarasha kechdi. O'ylaymanki, bugungi bahs muxlislarga yoqdi.

- Rustam Azamovni asosiy tarkib ro'yxatiga kiritgandingiz. Lekin so'nggi soniyalarda u maydonga tushmaydigan bo'ldi. Bunga sabab nima?

- Ha, uni dastlabki daqiqalardan o'ynashini xohlagandik. Ammo uchrashuv boshlanishi arafasida Rustam oyog'i og'riyotganini aytdi. SHuning uchun uni tarkibdan chiqarishga majbur bo'ldik. SHuningdek,Sanjar Asqaraliev ham kutilmaganda betob bo'lib qoldi. SHu sababli maydonga tusha olmadi. Sog'lig'i yaxshi bo'lmagani uchun Asqaralievni maydonga tushirib tavakkal qilishni xohlamadik. Azamov va Asqaralievni bugun yo'qligi bilindi yoki bilinmadi deyishim qiyin. Bunday o'yinlarda bir-ikkita futbolchi emas jamoaviy o'yin muhim o'rin tutadi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan golni o'tkazib yubormaganimizda o'yin durang bilan yakunlanardi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика