So’nggi yangiliklar

18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  4 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  2 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  4 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7

Edgar Gess: "Bu gaplar men haqimda yaxshi bilmaydigan insonlar tomonidan aytilgan" Yangiliklar

Edgar Gess: "Bu gaplar men haqimda yaxshi bilmaydigan insonlar tomonidan aytilgan"

Kecha Sport telekanalida namoyish etilgan “Futbol sharhi” ko'rsatuvida 22-tur uchrashuvlariga sharh berilib, kelishilgan o'yinlar to'g'risida ham gapirib o'tildi.
Bu gap orasida Edgar Gessni “Buxoro” klubidan ketishiga kelishilgan o'yin sabab bo'lgani aytib o'tildi. Xabaringiz bor, Edgar Gess "Buxoro"dan ketganidan so'ng yaqinda “Andijon” jamoasi boshqaruvini qabul qilib oldi. Bu gaplarga murabbiy o'z munosabatini bildirdi.

- Sal kam o'n yildan beri O'zbekistonda mehnat qilib kelayotgan bo'lsam hech qachon iflos ishlarga qo'l urmaganman. Qaysi jamoada ishlamay o'zimdan yaxshi nom qoldirishga harakat qilaman. To'g'ri, “Buxoro”da o'z o'ylagan maqsadlarimga erisha olmadim. Bu jamoadan ketishimga muvaffaqiyatsiz natijalar sabab bo'ldi. SHu bois istefoni qabul qildim. “Buxoro” oldida vijdonim pok. Buni jamoadagilar ham yaxshi bilishadi. Kecha men haqimda nega bunday gaplar aytilganini eshitib ochig'i hayron qoldim. Bu gaplar men haqimda yaxshi bilmaydigan insonlar tomonidan aytilgan. Hammasini Yaratganning o'zi ko'rib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Edgar Yakovlevichning yurtimizdagi faoliyati 2006 yili aynan “Andijon”da boshlangandi. Keyinchalik u “Lokomotiv”, “Nasaf”, “SHo'rtan” va “Buxoro” klublarida ham faoliyat olib bordi. Ayni paytda Gess o'zi yaxshi bilan “Andijon” jamoasiga yana ustozlik qilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика