"Ed Out". MYU muxlislari yasayotgan banner taxminan shu tarzda ommaga ko'rsatiladi FOTO
24 avg 2018 00:13
Yangiliklar
"Ed Out". MYU muxlislari yasayotgan banner taxminan shu tarzda ommaga ko'rsatiladi FOTO
"Manchester Yunayted" muxlislari ijrochi direktor Ed Vudvordning faoliyatidan norozi.
Transferlar muzokaralari bilan shug'ullanadigan Ed yozda yaxshi futbolchilarni MYUga olib kela olmagani uchun muxlislarning g'azabiiga uchradi. SHu boisdan jamoa muxlislari 20 metrlik banner yasatishgan va samolyot uchun pul yig'ib bo'lishgan.
Bu banner "Manchester Yunayted"ning "Byornli"ga qarshi uchrashuvida ommaga namoyish qilinadi, huddi 2014 yilda Devid Moyes uchun yasalgan banner kabi. "Ed Out" so'zlarining yoniga "yolg'onchi" ("liar") so'zi ham qo'shilgan bo'lishi mumkin.
"Bernli" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 2 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar