So’nggi yangiliklar

02:04Лига 1. "Ланс" сўнгги дақиқаларда еврокубокдан қуруқ қолди, ПСЖ эса қийинчиликсиз ғалабага эришди  6 01:26"Барселона" янги ўйинчилар билан шартнома имзолай олмайди  5 01:25ЛаЛига. "Вильярреал" - "Реал Мадрид" 4:4  0 01:15ЛаЛига. "Атлетико Мадрид" - "Осасуна" 1:4  0 01:05ЛаЛига. "Барселона" - "Райо Вальекано" 3:0  0 00:50"Барселона" Испания суперкубоги ярим финалида "Атлетик" билан, "Реал" эса "Мальорка" билан ўйнайди  2 00:20Серия А. "Интер" - "Лацио" 1:1  0 00:00Ла Лига. Серлот "Реал"га 4та гол урди, "Барселона"дан йирик ғалаба ва "Атлетико"дан кутилмаган мағлубият  25 23:40Виталий Левченко: "Бугун мағлубиятга лойиқ эмас эдик"  5 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" 2:0  0 23:14Самвел Бабаян: "Бугунги футбол байрамида биз ғолиб бўлдик. Бундай дербиларда катта бўлганман"  32 23:10АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вест Хэм" 3:1  0 23:05АПЛ. "Арсенал" - "Эвертон" 2:1  0 22:47Миржалол Қосимов: "Бугун очиқ футбол гувоҳига айландик"  7 22:40АПЛ. "Челси" - "Борнмут" 2:1  0

ECHL. Kambeklar qiroli "Real" "Bavariya"ni taslim qilib, finalga yo'l oldi. Xoselu – qahramon! Yangiliklar

ECHL. Kambeklar qiroli "Real" "Bavariya"ni taslim qilib, finalga yo'l oldi. Xoselu – qahramon!

Evropa CHempionlar Ligasi yarim final bosqichining javob bahsida "Real Madrid" "Bavariya"ni fantastik tarzda mag'lub qildi.

"Real Madrid" (Ispaniya) – "Bavariya" (Germaniya) 2:1

Gol: 0:1 – 68 Devis, 1:1 – 88 Xoselu, 2:1 – 90+1 Xoselu.

Dastlabki o'yin: 2:2

Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Valverde (Xoselu, 81), Bellingem (Militao, 90), Kroos (Modrich, 69), Tchuameni (Kamavinga, 70), Vinisius Junior, Rodrigo (Braim Dias, 81).

Bavariya – Noyer, Dayer, de Ligt, Mazraui, Pavlovich, Laymer, Kimmix, Sane (Kim Min CHje, 76), Musiala (Myuller, 84), Keyn (SHupo-Moting, 85), Gnabri (Devis, 27).

Ogohlantirishlar: Kamavinga (90+11).

Real Madrid

Joselu - 88', Joselu - 90'

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

09/05/2024, 00:00

1
:
2
Tugadi

Bayern Munich

Alphonso Davies - 68'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 76579 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
69'  Toni Kroos (Luka Modric)
69'  Aurelien Tchouameni (Eduardo Camavinga)
71'  Matthijs de Ligt
81'  Rodrygo (Brahim Diaz)
81'  Federico Valverde (Joselu)
88'  Joselu
88'  Vinicius Junior
90'  Joselu
90'  Antonio Ruediger
90'  Jude Bellingham (Eder Militao)
90'  Eduardo Camavinga
27'  Serge Gnabry (Alphonso Davies)
68'  Alphonso Davies
68'  Harry Kane
76'  Leroy Sane (Min-Jae Kim)
84'  Jamal Musiala (Thomas Mueller)
84'  Harry Kane (Eric Maxim Choupo-Moting)
90'  Thomas Tuchel

90+14. O'yin yakunlandi! "Real Madrid" finalda! "Borussiya D" va "Real" finalda o'ynaydi. Manzil – "Uembli"!

90+13. GOOOL! "Bavariya"! Yo'q, ofsayd bor ekan. De Ligt urgan gol ofsayd sabab bekor qilindi.

VAR orqali gol toza ekani malum bo'ldi. Xoseluning umridagi eng omadli o'yin, demoqda sharhlovchilar. Haqiqatdan ham.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xoseludan dubl! "Bernabeu"da 90+ daqiqa futbol o'ynaladi!

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Yana hisoblanmaydimi? VARga murojaat qilamiz. 

90. "Real" o'zining eng xavfli ko'rinishini ko'rsatmoqda. 

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real Madrid"! Noyer deyarli egallab olgan to'pini qo'lidan chiqarib yubordi, qaytgan to'pni Xoselu darvozaga joylab qo'ydi!

85. O'ZGARISHLAR. Musiala maydonni tark etdi, Myuller maydonda paydo bo'ldi. Keyn ketdi, SHupo-Moting maydonga tushdi.

84. Manuel Noyer ayni daqiqaga qadar uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lib turibdi.

83. VINIIIII!? Qanday qilib? Ryudiger havodan uzatgan to'pni Vinisius Junior darvozaga aniq yo'llay olmadi. Juda qulay imkoniyat ko'kka sovurildi.

76. O'ZGARISH. Leroy Sane o'rniga Kim Min Je maydonga tushdi.

75. O'yin shunchaki olov! Olov! Yonmoqda!

73. "Real" urgan gol VAR sabab bekor qilindi. Nacho hujumda qoidani buzgani malum bo'ldi. 

73. Vaziyatga VAR aralashmoqda!

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real" qaytmoqda! Biroq, bu gol inobatga olinarmikan?

68. GOOOOOOOOOOOOOL! "Bavariya"! Alfonso Devis o'qday zarba yo'lladi va to'pni darvozaga tiqib yubordi!

66. ZARBAA! Musiala jarima maydoni ichidan zarba yo'lladi. Lunin to'pni chiqarib yubordi. Burchak zarbasi. 

65. Karvaxal o'z zarbasi bilan yuqori sektordagi muxlislarni nishonga oldi.

60. ZARBAAAAAAAAAAAA! Vini jarima maydoni ichidagi hammadan o'tib, zarba yo'lladi. Noyerdan esa navbatdagi fantastik seyv. "Real" yaqinlashmoqda...

58. ZARBAAAAAAAAA! Rodrigo jarima zarbasidan super zarba yo'lladi! Noyerdan esa super seyv.

57. Bellingem, Rodrigo va Vini "Santyago Bernabeu"dan jonlanishni so'rashmoqda!

55. Uxxx! Qanday qilib? Vini qanotdan yorib kirdi va to'pni Rodrigoga oshirdi. Rodrigo esa birgina teginishda to'pni darvozaga yo'lladi. Bir necha santimetr etishmadi. Zarba noaniq.

53. ZARBAAAAA! Keyndan xavfli zarba. Lunindan ajoyib seyv!

45. Ikkinchi bo'lim start oldi.

45+1. Tanaffus! Birinchi bo'limda hisob ochilmadi!

45. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.

44. ZARBA! Mazraui uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. Bu zarbani Lunin egallab oldi.

39. Uxxxx! Vinisiusning chap qanotdan bergan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Noyerdan yana bir yaxshi seyv. 

36. Vini qanotdan yorib kirdi va deyarli 3 futbolchini aldashga erishdi, ammo yakuniy pasni berishga kechikdi. Mendi esa bundan hafa bo'ldi.

28. ZARBAAAAAA! Keyn! Harri havodan kelgan to'pni to'xtatmay darvozaga yo'lladi. Lunindan ajoyib seyv. Burchak zarbasi.

27. O'ZGARISH. "Bavariya" majburiy almashtirishga qo'l urdi. Serj Gnabri jarohat sabab maydonni tark etdi. Uning o'rnida Alfonso Devis harakat qiladi.

23. Rodrigo qanotdan ajoyib yurishni amalga oshirdi va to'pni jarima maydoni ichidagi Vinisiusga oshirdi. Viniga raqib imkon qoldirmadi.

16. Noyer Noyer bo'lmay qoladi, agar u darvozasi yaqinida raqib hujumchisini aldab o'tmasa. 

15. Vinisius jarima maydoni tashqaridan yana bir zarba berdi. Ancha noaniq. 

13. ZARBAAAA! Vinisiusning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Rodrigo yana bir zarba berdi. Noyer esa to'pni egallab oldi. "Real" golga juda yaqin keldi.

8. Dastlabki zarba (uzatma aralash) Gnabri hisobiga yozilmoqda, ammo noaniq.

7. "Real" oxirgi daqiqalarda "Bavariya"ga yuqori bosim uyushtirmoqda.

5. Kroos o'tgan o'yinda bergan pasi kabi uzatmani qaytarishga erishdi. Sanening pasi o'tganda bormi...

4. "Real" to'pni ehtiyotkorlik bilan nazorat qilmoqda.

1. "Real" ilk daqiqadanoq burchak to'piga ega bo'ldi. "Bavariya" burchakdan uzatilgan to'pni bartaraf etdi.

1. O'yin start oldi! 

- ECHL madhiyasi yangramoqda. 

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Bugun "Santyago Bernabeu" yonadi. "Real Madrid" va "Bavariya" klublari Evropa CHempionlar Ligasi finali uchun hayot-mamot to'qnashuvida ishtirok etishadi.

Reyting: +31   

Fikrlar

+21   
09 may 00:37:17
Yangi uzbekiston da bitta trqnsilatsiyani eplalmedigan kanal borligi uyat
+16   
09 may 01:57:09
Özil10
Tuxel shoshdi zamen qilishda
+13   
09 may 01:58:21
Isroiljonn Kasimov
Реал ундай бундай деганлар футболни тушунмайди, тўғри футбол 90+дақиқа ўйналади,бу Тухелнинг эсидан чиқди ва Анчелотти эсига солди,қойил Реал,Барселона мухлиси
+13   
09 may 00:09:11
.......
Sport har doimgidey parot qilishda davom etadi.
+12   
09 may 02:12:43
ManUnited
Реални йутиш Бавария, Барсага, хуллас Б Билан бошланадиган командаларга эмас
+12   
09 may 02:03:53
Мехриддин Умаров
Супер ғалаба Билан барча фанатдошларни табриклайман! Финалда ҳам хурсандчилик қилиш барчамизга насиб қилсин! Ҳала Мадрид!
+12   
09 may 01:26:10
CHELSI.REAL.MUHLISI
YANA OʻSHA GAP.SEN URMASEN SENGA URADI
+12   
09 may 00:10:55
ideal fan
Sport tv. Nimasan sannnnnn
+11   
09 may 00:10:15
UMID2022
Чичворларин спорт тв
+10   
09 may 00:09:04
Azamat Azamat
Uzi sotip olinganmi translatsia yo ugirlanganmi. Maza qimadik stadion ovozixam yoq
+9   
09 may 02:14:11
shuxratxolboyev
Zoʻr oʻyin boʻldi jamolar yondirib berdi mazza qiledigan darajani koʻrsatdi qoyil Realga shunchaki respekt Tabriklayman Realni muxlislarini, katta extimol finalda borusiyaga imkoniyat qoldirmasa kerak chempionlik bn xam tabriklasam boʻlaverar Real fanatlarini...(Barsa muxlisi.) omad keyingi oʻyinlarda tabriklayman mujikilar adushi.
+8   
09 may 02:15:19
Bek Bek
Na sayte bavariya foydalanuvchining fikriga javob berish
Car kurdi xakam ewti qata kurdiz biz kurmadi uwa vaziyati
Ofsayt boʻlmaganda aytardi u vaziyatdan keyin 2 minut oʻynadi qisqasi kim nima desa desin haqqoniy yuti
+8   
09 may 02:08:21
Azamat Azamat
Real yutdi tabriklayman. Tuxel Kane ni olib xato qildi. Jamoa etakchisini olib ximoyachi tushirish ruxiyatni sindiradi. Real esa oz ishini qildi. Real xaqli galaba qozondi. Juda kuchli oyin daxshat bosim va stadionxam yordam berdi menimcha eshitilmadi bizga. Mayli sport tv raxmat Davronga raxmat Xasanga ayniqsa Real va Bavayaga.
+8   
09 may 01:59:50
sms_shakhzod
Bechoralar uxlamasdan kórib oxirida 2ta issig'idan yeb endi tonggacha yana uxlamidi
+8   
09 may 00:52:30
Valverde Fede
Xasandan Hayrulla yaxshi edi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика