So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  2 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  17 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

ECHL. "Bavariya" mehmonda "Inter"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi Yangiliklar

ECHL. "Bavariya" mehmonda "Inter"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi

ECHLning 1-turidan o'rin olgan "Inter" - "Bavariya" bahsi yakunlandi.

"Inter" – "Bavariya" 0:2

Gollar: Leroy Sane (Yozua Kimmix) 25', Danilo D'Ambrozio (avtogol) 66'

"Inter": 24. Andre Onana, 33. Danilo D'Ambrozio, 37. Milan SHkrinyar (6. Stefan de Vrey 72'), 95. Alessandro Bastoni (32. Federiko Dimarko 72'), 2. Denzel Dyumfris (36. Matteo Darmian 72'), 8. Robin Gosens, 22. Genrix Mxitaryan, 77. Marselo Brozovich, 20. Xakan CHalxanoglu (5. Roberto Galyardini 81'), 10. Lautaro Martines, 9. Edin Djeko (11. Xoakin Korrea 71').

Zaxira: 1. Samir Xandanovich, 21. Aleks Kordaz, 12. Raul Bellanova, 14. Kristyan Aslani, 15. Franchesko Acherbi, 23. Nikolo Barella.

"Bavariya": 1. Manuel Noyer, 5. Benjamen Pavar, 4. Matteys de Ligt (2. Dayo Upamekano 75'), 21. Lyuka Ernandes (44. Yosip Stanishich 84'), 19. Alfonso Devis, 11. Kingsli Koman (7. Serj Gnabri 75'), 25. Tomas Myuller, 6. Yozua Kimmix, 18. Marsel Zabitcer (8. Leon Gorecka 61'), 10. Leroy Sane (42. Djamal Musiala 84'), 17. Sadio Mane.

Zaxira: 26. Sven Ulrayx, 35. Johannes Schenk, 13. Erik SHupo-Moting, 38. Rayan Gravenberx, 39. Matis Tel, 40. Nussair Mazraui.

Ogohlantirishlar: Matteys de Ligt 41', Federiko Dimarko 90'

Inter

Champions League Grp. C . 1-tur

08/09/2022, 01:00

2
:
0
Tugadi

Bayern Munich

Leroy Sane - 25', Danilo D'Ambrosio - 66'

Stadion: Giuseppe Meazza, 58951 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
71'  Edin Dzeko (Joaquin Correa)
71'  Denzel Dumfries (Matteo Darmian)
71'  Alessandro Bastoni (Federico Dimarco)
71'  Milan Skriniar (Stefan de Vrij)
81'  Hakan Calhanoglu (Roberto Gagliardini)
90'  Federico Dimarco
25'  Leroy Sane
25'  Joshua Kimmich
41'  Matthijs de Ligt
61'  Marcel Sabitzer (Leon Goretzka)
66'  Danilo D'Ambrosio
75'  Kingsley Coman (Serge Gnabry)
75'  Matthijs de Ligt (Dayot Upamecano)
84'  Leroy Sane (Jamal Musiala)
84'  Lucas Hernandez (Josip Stanisic)

O'YINDAGI GOLLARNING VIDEOLARNI KO'RISH UCHUN 


90+3. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Bir daqiqa ichida ikki jamoada ham hujum bo'ldi, biroq ularning barchasi natijasiz yakunlandi.

83. Serj Gnabrining darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

75. Har ikki jamoa taribida qator o'zgartirishlar amalga oshirildi.

73. Goreckaning darvoza tomon tepgan to'pini Onana xotirjamlik bilan ushlab oldi.

69. Manening darvozaga tepgan to'pini Onana qaytarib yubordi.

Sane va Koman o'zaro pas o'ynab super kombinaciya yaratishdi, Sane to'pni darvozaga yo'lladi, Danilo D'Ambrozio esa o'z darvozasiga to'pni kiritib yubordi!

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Bavariya"dan super kombinaciya va ajoyib gol!

65. Kimmix to'pni havolatib jarima maydonchasina uzatdi, to'p milanlik himoyachilardan biriga tegib yo'nalishini biroz o'zgartirdi, Onana sal qolsa to'pni qo'lidan chiqarib yuborib, o'z darvozasiga to'pni kiritib qo'yishi mumkin edi.

61. Har ikki jamoa vakillari ketma-ket xatolarga yo'l qo'ymoqda.

59. Komanning darvozaga bergan zarbasi rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

57. Myullerning darvoza tomon yo'llagan to'piga Gosens to'g'anoq bo'ldi va xavfni bartaraf etdi.

50. Jeko jarima maydonchasi ichidan turib erlatib darvoza tomon zarba berdi, Noyer esa to'pni ushlab oldi.

47. "Inter" bo'limni ancha faol boshladi. Jamoa futbolchilari tomonidan ajoyib kombinaciya uyushtirildi, Danilo D'Ambrozio yakuniy zarbani berdi, biroq noaniq.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+1. Uchrashuvning dastlabki bo'limi yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. Matteys de Ligtga sariq kartochka ko'rsatildi.

35. Jekoning boshi bilan darvozaga yo'llagan to'pi noaniq ketdi.

31. Goldan so'ng "Inter" faollikni yanada oshirmoqda.

To'p jarima maydonchasiga yaqin turgan Sanega havolatib uzatib berildi, Leroy esa to'pni gavdasi bilan to'xtatib oldi va darvozabonni aldab zarba berdi hamda gol urdi!

25. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Bavariya" hisobni ochdi!

23.Myullerdan yana bir zarba, Andre yana bir bor jamoasi joniga oro kirdi.

22. "Bavariya" ajoyib kombinaciyani amalga oshirdi. Myullerning darvozaga bergan ajoyib zarbasini Onana arang qaytardi.

21. Kimmixning darvoza tomon erlatib tepgan to'pini Onana ushlab oldi.

16. SHkrinyarning darvoza tomon bergan zarbasini Noyer ushlab oldi.

12. CHalxanoglu to'pni havolatib jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Dyumfris to'pni qabul qilib oldi, biroq maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

8. Sanening chap qanotdan uzatib bergan to'pini Myuller darvozaga yo'lladi, Onana o'z o'rnida!

7. Jeko to'p bilan markazdan oldinga o'tdi, to'pni o'ng qanotda ochiq turgan Mxitaryanga uzatdi, biroq to'p ungacha etib kelmadi.

3. Dastlabki zarba myunxenliklar tomonidan amalga oshirildi. Kimmixning erlatib tepgan to'pini Onana qaytardi.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Inter" - "Bavariya" bahsi startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика