ECHL. Gollar tashkil etishda Neymar, zarbalar bo'yicha Ronaldu etakchi
03 noy 2017 01:32
Yangiliklar
ECHL. Gollar tashkil etishda Neymar, zarbalar bo'yicha Ronaldu etakchi
InStat malumotlariga kshhra PSJ hujumchisi Neymar joriy yilgi Evropa chempionlari ligasi turnirida golli hujumlar tashkil etishda peshqadamlik qilmoqda.
Braziliyalik
futbolchi hozirgacha to'rtta gol urib, ikki bor golli uzatmani amalga oshirdi.
SHuningdek, besh bor aynan Neymar boshlagan hujumdan keyin “PSJ” gol urishga
erishgan.
Bu borada keyingi pog'onalarni “Spartak” hujumchisi Kvinsi Promes, “Real”
forvardi Krishtianu Ronaldu hamda “Tottenhem” to'purari Harri Keyn egallab
turishibdi.
ECHL 4 ta turi yakunlariga ko'ra, darvozalarga zarba berish borasida Ronaldu peshqadam – 26 (90 daqiqada o'rtacha 6,2 ta zarba). Ushbu ko'rsatkichlar borasida ikkinchi pog'onani “Barselona” etakchisi Lionel Messi band etgan (34- 8,1).
Fikrlar